Rossiya o‘rta va qisqa masofali raketalar bo‘yicha moratoriyga amal qiladi
Rossiya o‘rta va qisqa masofadagi raketalarni ishlab chiqarish va joylashtirishga nisbatan moratoriyiga rioya qiladi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabko Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbati chog‘ida, “Hamma gap Qo‘shma Shtatlarda qolgan, ular kelgusida nima qilish kerakligini hal qiladi, AQSh va Yevropaning xavfsizligi bunday harakatlar bilan xavf ostida qolishi mumkin. Rossiya o‘zining bir tomonlama mortatoriysida qoladi”,- degan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington 2 fevral kuni Rossiya bilan o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma kelishuvidan chiqishni boshlashini ma’lum qilgan. Davlat kotibi Mayk Pompeo agar Rossiya olti oy muddatda shartnoma shartlariga to‘la amal qilmasa shartnoma bekor qilinishini aytgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Qo‘shma Shtatlarning raketalar bo‘yicha kelishuvdan chiqish qaroriga javoban huddi shunday yo‘l tutishini va shartnomada ishtirok etishini to‘xtatishini ma’lum qilgan.