Qirgʻizistonda dinlararo davlat kengashi tuzildi

525
0

Qirgʻizistonda dinlararo davlat kengashi tuzildi

“Azattыk” axbobrot agentligining xabariga goʻra, Qirgʻizistonda tuzilgan dinlararo kengash, davlat diniy komissiyasi tomonidan tuzulgan boʻlib, diniy guruhlar bilan birgalikda ushbu kengash koʻlamini yanada kengaytirishni maqsad qiladi. Soʻnggi yillarda boshqa dinga oʻtib ketayotgan odamlarga nisbatan bosimlar kuchayib, ularning oʻliklariga qabristonlardan joy bermaslik kabi ishlar kuchayib borayotgani aytiladi xabarda.

Qirgʻiziston hukumati olamiy kufr sistemasi bilan birga dindorlarni kufrga moyillashtirish, diniy shaxs va ulamolar vositasida Musulmonlarni siyosiy hayotdan uzoqlashtirish, boshqa din, tuzum va konfessiyalar bilan nosharʼiy yaqinlashtirish, ular bilan murosa va muomala qilishga undash kabi harakatlarni kuchaytirib boryapti. “Moʻtadil Islom” nomi bilan ilgarilab borayotgan bu loiha, Islom va musulmonlarni hozirgi shu holatida izolyatsiya qilib qolish maqsadida olamiy kufr yetakchiligi tomonidan ishlab chiqilgan! Bu loyihadan Musulmonlarni mabdaiy (hayotimizdagi barcha muammolarimizga yechim berib, boshqara oladigan) Islomdan voz kechirish, shuningdek kufr manfaati uchun musulmonlarning bir qismini oʻz tomonlariga ogʻdirib olish bilan, ularni mabdaiy islomiy daʼvatga qarshi yoʻnaltirish koʻzda tutilgan!

Qirgʻiziston kuch organlari tomonidan bir necha yillardan buyon shu maqsad sari jiddiy harakat olib borilyapti. Ular masjid imomlari va Islom ulamolarining aksariyatini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishdi. Xiyonatga rozi boʻlmaganlariga esa, har xil bosimlar oʻtkazib, kelishyapti. Ularning baʼzilarini qamoqqa tashlagan boʻlishsa, baʼzilarini imomlikdan va jamoatchilik faoliyatlaridan chetlatib borishmoqda. Lekin ular hali ham oʻzlari kutgan natijalarni qoʻlga kirita olishmadi. Ummat ular olgʻa surayotgan moʻtadillikni haligacha qabul qilgani yoʻq! Shuning uchun hatto xoin imomlar ham, kufrning bu moʻtadillik loihasi bayrogʻini ochiq oydin koʻtarishga botina olishmayapti.

Yuqoridagi dinlararo hamkorlik kengashi “moʻtadil Islom” tarafdorlari uchun dastlabki topshiriq boʻladi. Ular kufrning diniy missionerlariga va ilmoniy dunyoqarash asosidagi barcha harakatlarga keng eshik ochib berishlari, shuningdek Musulmonlar oʻz dinlarini tashlab boshqa dinlarga kirishlari uchun ularga sharʼiy yoʻl topib berishlari kerak boʻladi. Kufrning maqsadi, jamiyatimizga ushbu kufr loihasini olib kirish bilan Musulmonlar oʻrtasida avval fikriy soʻng jismoniy boʻlinishlar paydo qilishdir! Bir necha boʻlaklarga boʻlinib ketishi kutilayotgan musulmonlar ichidan yana oʻz manfaatiga mos kelganlarini tanlab, ularni ochiq yoki yashirin qoʻllab boradi. Masalan shu kunlarda Afgʻonistonda hatto oʻziga qarshi kurashgan islomiy mujohid kuchlarni qoʻllab-quvvatlayotgani singari. Suriyada ISHID jangchilarini hali ham oʻz himoyasi ostida ushlab turgani va ularning vahimasi bilan olamda bir qancha manfaatlarini roʻyobga chiqarib boryotganiga guvoh boʻlib turibmiz.

Demak, kufr olami biror muayyan dinni qoʻlab-quvvatlamaydi. Chunki olamiy kapitalizmga asoslangan boshqaruv sistemasi biror dinga asoslanmagan. U “dinni hayotdan ajratish kerak” degan demokratiya aqidasiga asoslangan. Shundan kelib chiqib ayta olamizki, kufr olami Qirgʻizistonda islomiy muhitni nasroniylashtirmoqchi yoki yahudiylashtirmoqchi emas! Ular Islomni mabda deb tushungan tasavvurimizdan bizni chalgʻitishmoqchi! Shu maqsadlariga erishish uchun “moʻtadil Islom”, nasroniy va boshqa din sektalari, islomiy buzuq tushunchalar asosidagi yoʻnalish va guruhlardan foydalanishmoqchi. Yaʼni, kufr olami Qirgʻizistonni Mabdaiy daʼvatdan tozalab olgan taqdirda ham, uni moʻtadil xoinlariga, shuningdek oʻz tuzumiga ega boʻlmagan boshqa diniy sektalarga topshirib qoʻymaydi. Hatto moʻtadil islomchilarning oʻzlarini ham bemalol, yaʼni moʻtadil daʼvat olib borishlariga ham qoʻyib bermaydi! Bunga Sharqiy Turkiston, Oʻzbekiston, Misr va yana bir qator islomiy yurtlar siyosatida guvoh boʻlmadikmi?!

Xulosa qilib aytsak, har qanday dinlararo yaqinlik, kelishuvlar faqat islomiy davlat tomonidan shariat ruxsat bergan doiradagina uyushtirilishi mumkin. Kufr davlati ostida kufr uyushtirayotgan kufr asosidagi har qanday kengash, kelishuv va bitimlar botil boʻlib, ularga aʼzo boʻlish, Musulmonlarni shu kelishuvlarga yoki uning qarorlariga daʼvat qilish harom! Allohdan taqvo qilib, kufrning bu loihasiga qarshi mabdaiy islomiy daʼvatni kuchaytirish bilan Allohning diniga labbay deb javob beraylik!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.