As-Sisiybir umr prezidentlik lavozimida qolishi mumkin
Misr qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirish kritilan yangi bandlarga binoan amaldagi hukumat boshchisi Abdulfattoh As-Sisiy prezidenlik lavozimida bir umr qolishi kafolatlanadi. Sisiy tarafdorlarining fikricha, Misr prezidenti oʻz lavozimida 2034 yilga qadar egallab turishligi shart. Chunki yangi iqtisodiyotga doir loihahalarni amalga oshirish va Misrda tinchlik-osoishtalik barqaror topishiga hissa qoʻshish uchun Sisiyga imkoniyat berilishi lozim. Holbuki Misr ayni zamonda xafsizlik jihatdanxatarlarqurshovida turibdi. Shu bois bu borada prezident ishlarining davomiyligi davr talabihisoblanadi.
Raʼyul-yavmroʻznomasi bosh muharriri Abdulboriy Atvon ushbu hodisaga oid oʻz fikrini bildirib shunday dedi:
“Ushbu qaror diktatorlikning bir koʻrinishidir. Misr parlamentida 600 ga yaqin Sisiyning tarafdorlari turli mansablarni egallab turibdi, boshqa partiyalardan esa bor-yoʻgʻi 16 kishi depupatlik mandatiga ega xolos. Buni qanday izohlash mumkin?.Holbuki oʻsha koʻpchilik shaffof boʻlmagan saylovlar tufayliqudratga kelishgan”. “Aynan Sisiyning qoʻli bilan 2013 yili Husni Muborak bartaraf etildi va Sisiy oʻzi uchun qulay boʻlgan “harbiy saltanat”ni yoʻlga qoʻydi. Oʻsha davrdan buyon hukumatga qarshi bosh koʻtargan har qanday muxolif kuchga qaqshatgich zarba bera boshladi. Mabodo hukumatga qarshi boʻlgan muxolif guruh aniqlansa, Sisiy komandasi tomonidan albatta qamoqa olinadi va hatto Sisiy ularni dorga osishdan ham toymaydi”.
Abdulboriyga koʻra, Misrda prezidentlik saylovi demkoratik qadriyatlarga muvofiq boʻlmagan holda, shaxsiy manfaat asosida boʻlib oʻtgan.
“As-Sisiy hukumat tizginini oʻz qoʻliga olishi bilan Xitoy yurgan yoʻldan ketyapti. Ammo ularning oʻrtasidagi birdan-bir farq shundan iboratki, Xitoy rahbari va uningpartiyasi Xitoyni katta davlatlar safiga qoʻsha oldi va endilikda Xitoy iqtisodiyoti Amerikadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi” deya qoʻshimcha qildi u .
“Agar ish shu yoʻsinda davom etsa Misr hukumati “harbiy saltanatini” yanadamustahkamroq qiladi va shubhasiz Sisiy 2034 yilga qadar emas, balki butun umrgaoʻz mansabida qolishligimuqarrar. Albatta biror bir jiddiy hodisa roʻy berib, voqealar rivoji boshqacha tus olsa ajab emas. Ammo biz moʻjizalar zamonida yashamayapmiz. Yana Xudo biladi!”- dedi Abdulboriy.