Toshkentda navbatdagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi

603
0

Toshkentda navbatdagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi

19-20-fevral kunlari Toshkentda “Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi. Bu haqida Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Forumga Afgʻoniston, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, (Isroil), Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Kanada, Misr, Xitoy, Kuvayt, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, Turkiya, Vengriya, Ukraina, Oʻzbekiston, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya tahliliy markazlarning 100 dan ortiq vakillari taklif etilgan boʻlib, ular mintaqaviy hamkorlikning hozirgi holati va xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, taʼlim va ilm-fan sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbirda Yevropa Ittifoqi, Shimoliy kengash, Amerika davlatlari tashkiloti, Arktika maslahatlashuv kengashi mintaqaviy tuzilmalari, shuningdek, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa investitsion banki va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari ham ishtirok etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.