Qatar vakiliRim Papasidan madad soʻradi
Qatar inson huquqlari milliy Qumitasining raisi Rim Papasidan Abu Dabigaqilgan safari chogʻida, Amirlik masʼullariga bosim oʻtkazishini soʻradi.
Qatar inson huquqlari miliy Qumitasining raisi Aliy Al-Mari umumjahon katoliklar rahbari Papa Fransis bilan muloqotda oʻtkazib, katarliklar hol-ahvolidan xabardor qildi. Uninga aytishicha, Arab dunyosidagi keskin tus olayotgan jarayon sababli oddiy xalq boshiga musibatlar yogʻmoqda.
Raʼyul-yavm, roʻznomasida kelgan xabarga koʻra Al-Mari Rim Papasiga shunday degan:“Men minglagan jabrdiyda oilalar va arosatda qolgan, sarson-sargardon ayollar va yosh bolalar nomidan sizga murojaat yoʻllayman. Mana 20 oydirki, yoʻllar toʻsilib, ular bir-birlari bilan koʻrisholmaydi. Talabalar taʼlimdan uzilib qolgan. Bu narsa hech bir jihatdan insoniylik normalari va qadriyatlariga toʻgʻri kelmaydi. Arabiston, Amirlik, Bahrayn tomonidan qabul qilingan qaror natijasida minglagan oilalar sochilib, tarqalib ketdi. Bitta qaror tufayli va bir siyosiy ixtilof tufayli qondoshlar uzoq muddatli ayriliqga mahkum qilinmoqda. Holbuki bu siyosiy ixtiloflarga oddiy xalqning umuman aloqasi yoʻq”.
Eslatib oʻtish joizki, 2017 yil 5 iyunda qabul qilingan qarorga muvofiq, Arabiston, BAA, Bahrayn va Misr “Qatarning terrorizm xataridan himoyalanish maqsadida”, bu oʻlkadan har qanday aloqalarni uzishgan.
Turkiston:
Xalq nomidan aytilgan bu achchiq soʻzlar, koshkiydi adashgan kimsalar qalbiga zarracha taʼsir qilsa. Oʻzi adashgan, qalbida bizga nisbatan kuchli nafrati boʻlgan insondan yordam soʻrash, andishasizlikning ayni oʻzginasidir. Oʻzlarinimusulmonlardan deb bilgan yurt rahbarlari va Al-Mari kabi inson huquqlari himoyachilariesa hanuzgachaahli kufrdan yordam soʻrashdan charchashmayapti.
Rus patriarxi Kirill II, Rossiya Suriyaga yurish boshlaganida, qoʻlida muqaddas suv va isiriqli idishi bilan tanklar atrofida aylanib, askarlarga oq yoʻl va gʻalabatilab, duolar bilan kuzatib qoʻygan edi.
Begunoh musulmonlar qatliomiga sherik boʻldi, zulmga “oq fotihasi” bilan, duolari bilan yordam berdi. Oxiratdagi holiga voy inshaAlloh.
Musulmon rahbarlari va davlat xodimlari mushriklardan yordam soʻrash bilan oʻzlarining qanchalik tubanligini va xorligini yana bir marotaba isbotlashmoqda.
Allohi Taolo aytadi:
الَّذِينَ يَتَّخِذُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِ الْمُؤْمِنِينَ أَيَبْتَغُونَ عِنْدَهُمْ الْعِزَّةَ
– Ular moʻminlarni qoʻyib kofirlarni doʻst tutadilar. Ular oʻsha kofirlar oldida kuch-qudrat izlaydilarmi?! – ( Niso : 139)
Aqidamizdan uzoqlashganimiz, mafkuramizga nisbatan loqayd boʻlanligimiz, doʻst bilan dushmanning farqiga bormaganimiz, Rasulalloh (s.a.v.) va sahobalari qoldirgan amonatga beparvoligimiz tufayli shu kunlarni koʻrayapmiz.
Yaratuvchi ochiq oydin najot yoʻlini taʼlim bersa-yu, insoniyat havoyi nafsiga ergashsa…
Allohi Taolo aytadi:
وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى
Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, uning uchun tang (baxtsiz) turmush boʻlishi muqarrar…. 20:124
Parvardigor bergan aqlni toʻgʻri ishga solib, doʻst va dushman orasidagi farqni ajrataylik. Musulmonlar hargiz banda yordami bilan, qolaversa botil din peshvolari tufayli najot topmaydi. Biz faqat Shariat tufayli azizlikka erishamiz. Shariat esa Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati orqali tatbiq etilajak, inshaAlloh.