Saydam Falastin dasturi bosqinchi yahudiylarga qarshi tashviqot qilishdan xoli, deb faxrlanmoqda
Hijriy 1440 yil 16 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 22 yanvar seshanba kuni “Dunyo vatan” veb-sayti nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
«Falastin Taʼlim vaziri Sabriy Saydam bosqinchilar tomonidan Falastin milliy dasturiga nisbatan gijgijlovchi dastur, deya otilgan ayblov va iddaolarni qatʼiyan rad qildi.
Saydam bu toʻgʻrida Britaniya parlamentining quyi palatasi kengashida Ishchilar partiyasi aʼzosi Stiven Tvig bilan birga oʻtkazgan uchrashuvi chogʻida aytdi. Shuningdek, u – barcha uchun Taʼlim vazirligimiz eshiklari ochiq, Falastin taʼlim dasturi mazmuni bilan tanishishlari va bosqinchi yahudiylarning gijgijlovchi dastur, deya qilgan iddaolarining gʻirt tuhmat ekaniga ishonch hosil qilishlari mumkin, dedi».
Roya gazetasi sharhi:
Ramalloh hukumatidagi Taʼlim vaziri Sabriy Saydamning bu gaplari uning ikki yil muqaddam Falastin taʼlim dasturiga oʻzgartish kiritish “taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan”, degan daʼvosi yolgʻon ekanini yaqqol koʻrsatib turibdi. Buning aksi oʻlaroq oʻzgartishdan nopok siyosat, yaʼni falastinliklar avlodlaridan bosqinchi yahudiylar bilan birgalikda yashash tushunchasi bilan sugʻorilgan avlodlar yetishtirib chiqarish siyosati koʻzlangani koʻrinib turibdi. Zero, ular avlodlarimiz xuddi rejim kabi fikrlaydigan va Falastin zaminini yahudiylar bilan boʻlishib, taslim boʻlish yechimiga rozi boʻladigan qilib tarbiyalashmoqchi. Shuningdek, Falastin zaminini ozod etish va bosqinchi yahudiylarni ildizi bilan qoʻporib tashlash tushunchasini avlodlarimiz miyalaridan oʻchirib tashlashmoqchi boʻlyapti.
Roya gazetasining 2019 yil 30yanvar chorshanba kungi 219-sonidan