Maduro imperializmga jiddiy qarshilik qilmoqda
Venisuyelaprezidenti Nikolas Maduro Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarning ultimatumini rad etar ekan, shunday Maduro dedi:
“Ota-bobomizdan qolgan bir soʻz bor: “Agar tinchlikni istasang, unda urushga tayyorlan”, degan. Men uni boshqacharoq aytgan boʻlar edim. Yaʼni “Agar tinchlikni istasang u holda himoyalanishga tayyorlan”, deb. Mana hozir biz shunga tayyorlanmoqdamiz”. (“La Sexta”)
“Biz hech kimning shartlarini qabul qilmaymiz. Agar men Yevroittifoqiqa: Sizlarga Kataloniya Respublikasini tan olishinglar uchun yetti kun muhlat beraman, aks holda sizlarga qarshi jazo choralarini qoʻllayman, desam nima boʻlar edi. Bu ish ham shunga barobar – dedi Maduro – Yoʻq! Xalqaro siyosat ultimatumga asoslanmasligi kerak. Bu mustamlakachilik va imperializmning oʻtmishida qolgan”. (“BBC”).
Maduro AQSHga quyidagicha murojaat qildi:
“Ey yankilar, intervensionizm va imperializmni toʻxtatish vaqti keldi! Yetar, urushga chaqirish va toʻntarishlarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatinglar!”. (“Euronews”).