Musulmonlarning azob-uqubatlari to Robbilari shariatini barpo etmagunlaricha davom etaveradi

562
0

Musulmonlarning azob-uqubatlari to Robbilari shariatini barpo etmagunlaricha davom etaveradi

Hijriy 1440 yil 9 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 15 yanvar seshanba kuni “Nahor” gazetasi veb-sayti quyidagi xabarni nashr qildi:

«YUNISЕF tashkiloti Suriyada qochqin bolalardan 15 nafari (ularning aksari emiziklik bolalar) qattiq sovuq va sogʻliqni saqlash tizimining yoʻqligi sababli halok boʻlganini maʼlum qildi.

Ushbu bolalar oʻlimi Suriya janubiy sharqidagi Iordaniya bilan chegaradosh Rukbon lagerida yuz bergan. Maʼlumki, ayni lager boshqa lagerlar qatori insonparvarlik yordamiga juda muhtojlikdan aziyat chekadi. Boshqa bolalar esa, yurt sharqidagi ISHID tashkiloti “uya”sidan qochib kelgandan soʻng mashaqqatli yoʻl azobi oqibatida halok boʻlgan».

Roya gazetasi sharhi:

Musulmonlar shuni bilmoqlari kerakki, ularning shuncha azob-uqubatlariga Xalifalikning agʻdarilgani hamda Rosululloh ﷺning “xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, deya sifatlagan rahbarlarining yoʻqligi sababdir. Kofir Gʻarb jinoyatkor Mustafo Kamol qoʻli bilan Islom davlatini agʻdarganidan buyon musulmonlarga musibat va alamlar ketma-ket kelib, ular boʻrilar galasi qarshisidagi choʻponsiz yetim qoʻzilarga oʻxshab qoldilar… Robbilari bilan kuchli boʻlgan musulmonlar zaif ahvolga tushdilar… dushmanlarning havoi nafsiga yem boʻlib, bir butun tana boʻlgan musulmonlar boʻlinib-sochilgan tanalarga aylanib qoldilar…, bir necha asr butun dunyoning xoʻjayinlari boʻlganlaridan soʻng bugun goʻyo qullardek boʻlib qoldilar. Bas, musulmonlar to Rosululloh ﷺ bashorat qilgan Xalifalik davlatini barpo etmas ekanlar, azob-uqubatlari davom etaveradi. Bu borada musulmonlar sahobai kiromlar tortgan azob-uqubatlardan ibrat olmoqlari hamda ularning bu azob-uqubatdan qutulish tariqatiga ergashmoqlari lozim. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ musulmonlarning oʻldirilishi, qiynoqqa solinishi, azob-uqubatlarga tutilishi va Abu Tolib darasida qamal qilinishi, Habashistonga hijrat qilish kabi barcha azob-uqubatlariga Islom davlatini barpo etish bilan yakun yasadilar. Xoʻsh, musulmonlar Rosululloh ﷺ yoʻliga ergashib, ikkinchi Islom davlatini barpo etish orqali Robbilari shariatini tatbiq etadilarmi, azob-uqubatlariga chek qoʻyadilarmi?! Yoki baʼzi kimsalar musulmon yurtlariga hamon tajriba maydoni, deb qarashyaptimi?!

Roya gazetasining 2018 yil 23yanvar chorshanba kungi 218-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.