Qachongacha oʻzimizni aldab yashaymiz

784
0

بِسْـــمِ اللهِ الرَّحْمٰـــنِ الرَّحِيـــمِ

Qachongacha oʻzimizni aldab yashaymiz

Sizga fikrlashingiz uchun javobi aniq boʻlgan bir savol bermoqchiman: bir inson yaxshi niyatda, eski, nurab qolgan uyda yashovchi bir qoʻshnisiga yaxshigina maslahat bersa, masalan: “uyingiz yashash uchun noqulay, uni buzib tashlab, oʻrniga boshqa, yashash uchun qulay boʻlgan uy qurib olishingiz kerak. Buning uchun sizda yetarlicha imkoniyatlar bor, hovlingizdagi daraxtlarni bir qismini sotasiz va oʻsha pul, hamda qolgan daraxtlar bilan yangi uyni tikkalaysiz” deb maslahat bersa, ammo qoʻshnisi u insonni haqoratlab, “sen meni dushmanimsan, terroristsan, uyimni buzib, oʻzingniki qilib olmoqchi boʻlgan ekstremistsan… senga oʻxshaganlarni qamash kerak, mahalladan quvish kerak” – deya javob qayatarsa, siz bunday qoʻshniga nisbatan qanday munosabat bildirgan boʻlar edingiz?!

Yoki vaxshiyligi dunyoga mashhur boʻlgan kimsalar bir insonga moddiy yordam bergandek boʻlib, aslida qarzga pul berib, qoʻshnisiga nisbatan yuqoridagi gaplarni tarqatishni talab qilsa, bu inson buning tuhmat ekanini bila turib, qoʻshnisiga “sen mening dushmanimsan, terroristsan, uyimni buzib oʻzingniki qilib olmoqchi boʻlgan ekstremistsan… seni qamash kerak, jamiyatdan quvish kerak” – desa, bunday “uy egasi”ni kim deb bilasiz?!

Xozirgi konstitutsiyaning ahvolini ham shu eski uyga oʻxshatish mumkin. Yurtimizdagi bu konstitutsiyaga kim ishonadi va kim yoki kimlar uni mukammal ijro etish uchun jonbozlik koʻrsatmoqda? Toʻgʻri, undagi chiroyli yolgʻonlarga ishongan baʼzi sodda insonlar konstitutsiyadan hali ham umidini uzgan yoʻq. Lekin yuristlarchi, yaʼni konstitutsiyani yaxshi bilgan sud va prokuratura hodimlarichi?! konstitutsiyani asoschisi U. Tekabayev ham konstitutsiyani buzdimi yoki u ham konstitutsiyani buzganlarning qurbonimi?! Deputatlar nima uchun konstitutsiyani buzilishiga jim qarab turishibdi?! Bosh vazir, va boshqa vazirlarchi?! Ular nima uchun konstitutsiyaga rioya qilishmayapti?! Konstitutsiyaga kafil boʻlgan prezidentlarchi, nima uchun oʻz qilgan ishlarini konstitutsiyaga topshirmasdan, oʻzga yurtlarga qochib ketishdi?! Yoki “hamma gapiraveradi, zoʻrlar bilganini qilaveradi” qabilida hayot “zoʻrlar”nikimi?! Yoki konstitutsiya faqat boshqalarga namoyish qilish uchun qabul qilinganmi?!

Shu konstitutsiya hayot tarzimizni va yurtimizni yuksaltirishiga, yurtdoshlarimiz uchun farovon hayotga kafil boʻlishiga va ular oʻz oilalari yonida hayotlarini davom ettirishlari uchun ularni ish bilan taʼminlanishiga ishonasizmi?! Bizni shu konstitutsiya dushmanlardan, ayniqsa Xitoydan himoya qilishiga asos boʻladi deb bilasizmi?! Bu konstitutsiyani vijdonan mukammal ijro etilishida kimga ishonasiz?!

Biz hammaga, xossatan yurtdoshlarimizga “bu konstitutsiya-sistemani oʻzgartirish kerak” deb aytib kelmoqdamiz. Biz xalqqa qarshi, loaqal birorta insonga qarshi ish qilganimiz yoʻq. Lekin “bu dunyodagi xorligimizga nuqta qoʻyish uchun, hamda Oxiratda azobga qolmasligimiz uchun bu konstitutsiyani oʻzgartirish kerak, Yaratguvchimizning konstitutsiyasi-Qurʼonga qaytishimiz kerak” deb ochiq-oshkora aytib kelmoqdamiz. Shu gapimiz uchun “xalq dushmani”, “terrorist” yoki “ekstremist” kabi tuhmatlarga ham, baʼzilarimiznigsh qamalishlari, shahidlar boʻlishlariga ham parvo qilmay, haqda sobit kelmoqdamiz, hatto yillab qamoqlarda qolib ketganlarimiz ham oʻz yoʻllarini oʻzgartirgani yoʻq, bu yagona haqiqat va u oʻzgarmaydi. Alloh Taolo aytadi:

فَلَنْ تَجِدَ لِسُنَّةِ اللَّهِ تَبْدِيلًا

Bas siz hargiz Alloh sunnati-qonunining oʻzgartirilganini koʻrmassiz… [35:43]

Alloh Taolo aytadi:

قُلْ مَنْ يَرْزُقُكُمْ مِنْ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ أَمَّنْ يَمْلِكُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَمَنْ يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنْ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنْ الْحَيِّ وَمَنْ يُدَبِّرُ الْأَمْرَ فَسَيَقُولُونَ اللَّهُ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ()فَذَلِكُمْ اللَّهُ رَبُّكُمْ الْحَقُّ فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ فَأَنَّا تُصْرَفُونَ

(Ey Muhammad) ayting: “Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur yoki kim quloq-koʻzlaringizga egalik qilur?! Kim oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarur hamda kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?!” Ular albatta: “Alloh”, deydilar. Bas, siz ayting: “Axir Oʻsha zotdan qoʻrqmaysizlarmi?!”Bas, mana shu Alloh — haqiqiy Pavardigoringizdir. Haqiqatdan keyin esa faqatgina yoʻldan ozish bor, xolos (yaʼni, haqiqiy Parvardigoringiz boʻlmish Allohdan oʻzgaga sigʻinar ekansiz, albatta yoʻldan ozgan boʻlursiz). Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?! [10:31,32]

Gʻarib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.