Rossiya Qirgʻizistonga vaʼda qilingan harbiy texnikani berdi

556
0

Rossiya Qirgʻizistonga vaʼda qilingan harbiy texnikani berdi

Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida olgan majburiyatini bajarish maqsadida Qirgʻizistonga vaʼda qilingan harbiy texnikaning bir qismini yetkazib berdi. Bu haqda Rossiyaning Qirgʻizistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, chegarani qoʻriqlash va nazorat-oʻtkazish punktlarini jihozlash uchun 123ta harbiy avtomobil va injenerlik texnikasi Bishkekka olib kelingan.

Mazkur texnikani topshirish marosimi Bishkekdagi Ala Too maydonida 15 yanvar kuni oʻtkaziladi. Unda prezident Sooronbay Jeenbekov va hukumat aʼzolari qatnashadi.

Rossiya va Qirgʻiziston 2015 yilda harbiy-texnik yordam toʻgʻrisidagi sharnomani imzolagan edi. Shartnomaga asosan Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilgan Qirgʻizistonga chegara-nazorat punktlarini jihozlash va chegarani qoʻriqlashni kuchaytirish uchun harbiy-texnik yordam koʻrsatadi.

Rossiya elchixonasi yordamning ikkinchi qismi 2019 yilning oxirigacha Qirgʻizistonga yetkazib berilishini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.