Xitoy bosqinchiligiga qarshi strategiya loyihasi

1161
0

Xitoy bosqinchiligiga qarshi strategiya loyihasi

Asoslari;

Guvohi bo‘lib turganimizdek, Qirg‘iziston xalqi Xitoy bosqiniga qarshi bir xil tuyg‘ularga ega ekanligini ko‘rsatdi. Albatta, bu tuyg‘ular voqeda bo‘layotgan ayrim haqiqatlardan kelib chiqdi. Masalan, Xitoyning Kirg‘izistonni qarzga botirishi, Xitoy sarmoyadorlarining ziyodalashishi, davlat ichida xitoylarning ko‘payishi, Xitoy fuqarolarining Kirg‘iziston fuqarolariga zo‘ravonlik qilishlari, xitoyliklarning Qirg‘iziston fuqaroligini olishlari va hakoza. Bunday ko‘rinishlar qirg‘izistonliklarni g‘azablantirib, ba’zi fuqarolar ayrim hollarda kuch ishlatishgacha yetib borishdi. Ammo bu ishlarning hammasi tuyg‘ularga asoslangan va tartib-intizomsiz harakatlar bo‘lib, yakka shaxslar yoki ayrim jamoalar tomonidan hech qanday strategiyasiz olib borilmoqda. 
Shuning uchun, Xitoy bosqiniga qarshi kurashda hokimiyat xalq tomonda bo‘lishi kerak va bu borada strategiya ishlab chiqishi shart.
Shu asosda, qirg‘iz hokimiyatiga va Qirg‘iziston xalqiga quyidagi strategiya loyihasini xavola qilmoqchimiz.
Eslatma: Loyihada zarur asoslargina aytib o‘tildi. Boshqa tafsilotlar loyihadan kelib chiquvchi reja va uslublarga qoladi.
Ⅰ Xalqaro strategiyaga murojaat qilish
Har bir siyosiy vokeaga nazar tashlashda, avvalo, halqaro strategiyaga murojaat qilinadi. Xalqaro strategiyaga boqar ekanmiz, hozirda O‘rta Osiyoda, jumladan Kirg‘izistonda, uchta derjava mustamlakachilikda raqobatlashayotgani guvohi bo‘lamiz. Ular O‘rta Osiyoga nisbatan yangi mustamlakachi – AQSh, eski mustamlakachi – Rossiya va o‘z hududidan tashqariga kengayish strategiyasini qabul qilgan Xitoy davlati.
Xalqaro strategiya borasida avvalambor dunyodagi birinchi davlatning strategiyasiga qaraladi.
AQSh hozirda dunyoda birinchi davlat. Sobiq Sovet Ittifoqi qulagach, Amerikaning Rossiyaga nisbatan strategiyasi – uning koloniyalarini siyosiy vositalar orqali tortib olish bo‘lgan. Shu bois Rossiyaning O‘rta Osiyodagi ta’sir quvvatini sindirish uchun Xitoyni bu hududga iqtisodiy tomondan kirib kelishga qiziqtirib kelgan. Masalan, 1999 – yil AQSh “Ipak yo‘li” loyixasini ishlab chiqdi. Buning ma’nosi Xitoyning Rossiya mustamlakalari tomon kengayishi AQSh bilan ma’qullashilganligini anglatadi. Lekin, Xitoyning iqtisodiy va siyosiy dimog‘i kuchayib, 2010 – yil “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasini ishlab chiqdi. Bu esa Xitoyning AQSh loyihasi doirasidan chiqib ketishini anglatar edi. Shundan so‘ng Amerika Xitoyni birinchi raqib deb bildi va unga qarshi strategiya qabul qildi. Demak-ki, hozirgi paytda Amerika Xitoyning O‘rta Osiyo tomon kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikning choralarini ko‘rmoqda.
Rossiya esa muslamlakachilik davridan buyon O‘rta Osiyoni o‘z changalida ushlab keladi. Ittifoq vayron bo‘lgach katta ta’sir quvvatini boy bergan bo‘lsa ham, u xududda bevosita mustamlakachi holda qolmoqda. G‘arblik raqiblari qarshisida Rossiya Xitoy bilan hamkor bo‘lishga majbur bo‘lmoqda. Shuning uchun ham Xitoyning O‘rta Osiyoga iqtisodiy tomondan qirib kelishiga bevosita qarshilik qila olmayapti.
Xitoy “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasini qabul qilib, 2013- yildan buyon uni ishga oshirishga kirishdi. 2017- yil kommunistlar s’ezdida Si Szin Pin: “Xitoy hozirda dunyoda yetakchi kuchga aylandi va u insoniyat tarixida ahamiyatli rol o‘ynaydi”, dedi… Shuningdek “yuksalishning Xitoycha modeli rivojlanayotgan davlatlarga yangi tanlov imkoniyatini beradi” deb bildirdi. Bu degani, Xitoy yangi koloniyalarga ega bo‘lishda boshqa mustamlakachilar bilan raqobatlasha boshlaydi deganidir.
Shunday qilib, Xitoy o‘ziga qarashli hududdan tashqariga kengayish strategiyasini qabul qildi.

Ⅱ Qirg‘izistonning tobelik asoslari

1. Rossiya-Qirg‘iziston:
Siyosiy tomondan, Qirg‘iziston yetakchilari hokimiyatga Rossiyaning ruxsati bilan kelishadi. Tashqi aloqalar Rossiyaning tashqi siyosati doirasida olib boriladi. Hatto, Rossiyaning ichki ishlarimizga aralashishida ham hech bir to‘siq yo‘q. Iqtisodiy tomondan, Qirg‘iziston tashqi savdosidagi Rossiyaning ulushi 23%. Harbiy tomondan, Kirg‘izstonda Rossiyaning to‘rtta harbiy ob’ektini birlashtirgan harbiy bazasi bor. Kirg‘izistonning qurol-yarog‘ini ham Rossiya ta’minlaydi.
2. AQSh-Qirg‘iziston:
Siyosiy tomondan, Qirg‘izistonda yetakchilar tayinlanishiga AQSh bevosita ta’sir qilmaydi. Ammo, uning kadrlari siyosiy elitada, hokimiyat kursilarida ko‘payib bormoqda. Shuningdek axborot vositalari va nodavlat tashkilotlari xalqqa ta’sir o‘tkaza oladigan darajaga chiqgan. Iqtisodiy tomondan arab davlatlari va Turkiyaning kirib kelishi orqali bilvosita ta’sirga ega bo‘lish uslubini ishga solgan.
3. Xitoy-Qirg‘iziston:
Xitoy Kirg‘izistonda siyosiy tomondan bevosita ta’sirga ega emas. Ammo, puli bilan siyosatchilarni o‘ziga jalb qilib keladi. Iqtisodiy tomondan, Xitoy Qirg‘izistonning tashqi savdosida 1 pog‘onani (32%) egallaydi. Hozirgi paytda Qirg‘izistondagi tashqaridan kelgan sarmoyalarning 40%i Xitoyga tegishli. Qirg‘izistonning Xitoydan qarzi $1.7mlrd (tashqi qarzning 42%ini tashkil etadi).
Xitoy mustamlakachiligining maqsadi boshqa mustamlakachilarnikidan farq qiladi. Boshqa mustamlakachilar uchun xom ashyo bazasi, orzon ishchi kuchi, bozor zarur. Xitoy bosqinida bundan farqli ularoq, unda tekin ishchi kuchi ulkandir. Shuningdek, hozir Xitoy xom ashyolarimizni tashib, bozorlarimizni egallayotgani bilan, ammo, uning asosiy maqsadi – yerlarni bosib olishdir. Negaki, bosib olganidan keyin, hammasi uning mulkiga aylanadi. Shunda o‘zining oshiqcha xalqini olib keladi va ularni bizning yerimizga joylashtiradi. Unga yetishning yo‘li hozirgi Xitoy musulmonlariga nisbatan qo‘llayotgan siyosatdan ko‘rinadi. BMT hisoboti bo‘yicha, hozirda Xitoy lagerlarida saqlanayotgan insonlar soni milliondan ziyod. Demak, Xitoy Qirg‘izistonning ishga qodir fuqarolarini bittagina lagerga sig‘dira oladi va ular tekin ishlab beradigan qullarga aylanishadi hamda yerlari Xitoy kelgindilarining shaxsiy mulkiga aylanadi. Alloh bundan asrasin.
Ⅲ Xalqdan talab qilinadigan siyosiy harakatlar
1) Davlat qanchalik zaif bo‘lmasin, modomiki davlat hisoblanar ekan, uning hokimiyati bo‘ladi. Bu hokimiyat boshqa tomonga qanchalik tobe bo‘lmasin, baribir u o‘z xalqining qo‘llab-quvvatlashiga tayanadi. Chunki, xalq bo‘lmasa hech qanday hokimiyat ham bo‘lmaydi. Shuning uchun, xalq davlat uchun nechog‘li ahamiyatli ekanini tushunishi kerak va haq-xuquqlarini talab qila olishlari zarur. Bu masala, ya’ni hitoyliklarga tobe bo‘lish yoki bo‘lmaslik masalasi – umumxalq masalasidir. Agar xalq bu masalani bunday deb tushunmasa, u holda ertaga ularning har biri Xitoyga qul bo‘ladi. Shuning uchun, bu borada xalk hokimiyatni qattiq muhosaba qilishi kerak. Toki, hokimiyat xalqga hisob-kitob beradigan bo‘lsin.
2) Xitoy bosqinini ayrim vokealar tufayli aniq his qilayotgan bo‘lsak ham, ammo, bu yetarli emas. Biz bu xavf-xatarni fikriy tushunib yetmog‘imiz darkor. Buning uchun hokimiyatdan Xitoy bilan Qirg‘izistonning o‘rtasidagi shartnomalarni ochiqqa chiqarishini talab qilishimiz kerak. Bu borada “davlat siri” degan bahona o‘tmaydi. Qulchilikka olib boradigan “sir”lar bizga kerak emas. Hokimiyat xodimlari ichidan xalq tomonga o‘tib, shartnomalarni fosh etuvchi mardlar chiqadi, insha Alloh. Chunki, ular ham bizning farzandlarimizdir. Bir vaqtlarda ular bu shartnomalarni xalq uchun foydali hisoblagan bo‘lishi ehtimol, ammo, uning zarari fosh bo‘lgach, u mardlar xalq manfaatiga xizmat qilishga qaytishadi. Kimki shundan keyin ham, shartnomalarning fosh qilinishiga va kurashga qarshi chiqsa, unda ular xoinlardir. Hamda bunday shartnomalarning kasofatlaridan xabardor ziyolilar mavjud. Ulardan ham shubhali shartnomalarni fosh qilib berishini talab qilish kerak. Shartnomalarning faqat foydali ko‘ringan tomonlarinigina ko‘rsatish yoki ba’zi bir shartnomalarnigina oshkor qilish yaramaydi, balki hammasini fosh qilish kerak. Negaki, ular zaminimiz va xalqimiz ustidan chiqarilgan hukmlardir. Mana shunday fosh qilishlardan so‘ng, bizni qanday xavf, kachon, qay tarzda kutayotganini aniq bila olamiz. Mana shundan so‘nggina bu bosqindan qutulish rejalarini, choralarini aniq ishlab chiqish imkoniyati tug‘iladi.
Demak, hokimiyat shartnomalarni fosh qilib, ulardan chiqib ketish, ularni zararsizlantirish choralarini ko‘rsatsin. Unday qilmasa, xalq talab qilsin.

3) Boshqa mustamlakachilarning manfaatlariga xizmat qilib qolishdan saqlanish kerak
a) Amerika Xitoyga qarshi xalqning g‘azabini qo‘zgashda jon jaxdi bilan harakat olib boryapti, ammo, yashirincha. Bu yo‘lda o‘ziga qarashli ahborot vositalarini, internet trollarini ishga solmoqda. Ular xalqni tuyg‘ulantirishga urg‘u berishyapti. Bir kuni xalqning sabr kosasi to‘lgach, AQSh yana boshqa uslublarini ishga solib, o‘lkada beqarorlik yaratishga kirishadi. Bunday beqarorlik Xitoyning qirib kelishiga albatta to‘sqinlik yaratadi. Ammo, bu narsa xalqimiz uchun katta qiyinchiliklarni olib kelishi aniq. Lekin, u Amerikani o‘ylantirmaydi, u bo‘yniga hech qanday javobgarchilik olmaydi.
b) Rossiya ham Xitoyning kirib kelishiga zimdan qarshidir, ammo, u ham bilvosita qarshilik qiladi. Bunga 2016- yilda Qozog‘iston vokeasi yorqin misol bo‘ladi. O‘sha vaqtda qozoq hokimiyatining xitoyliklarga yer berishi Qozog‘iston xalqinini g‘azablantirgan edi. Rossiya fursatdan foydalanib, o‘z odamlari orqali insonlarni ko‘tara oldi. Qozoq hukumati xalq namoyishini bostirib, oxiri “terroristlar”ga burib yubordi. Bu bilan namoyishga chiqqan xalqni qo‘rqitib, qolganlarini chalg‘itib ko‘ydi. Ammo Rossiyaning ko‘zlagani yuzaga chiqdi, qozoq hukumati hitoyliklarga yer berishga moratoriy e’lon qilish bilan ortga chekindi. Xitoyning kirib kelishi vaqtincha bo‘lsa ham orqaga surilgandek bo‘ldi. Ammo u xufyona davom etmoqda. Alal-oqibat, zarar ko‘rganlar faqat qozoq fukarolarigina bo‘lib qoldi.
Shu bois, kuch yo qurol qo‘llashga chaqiruvchi tomonlardan va beqarorlikka olib boradigan harakatlardan uzoq bo‘lish kerak. Shuning uchun Xitoyga qarshi chaqiruvchi qaysi tomon bo‘lmasin, ulardan kelajakni aniq ko‘rsata oladigan loyiha talab qilish lozim. Toki loyiha ko‘rsatishsin, yoki loyiq loyihaga kelib ko‘shilishsin.
v) Provokatsiyalar Hitoyga malaylik qilayotgan hokimiyat vakillari tomonidan bo‘lishi ham mumkin. Ular shu baxonada xalqni bostirishadi. Bundan Hitoy ham manfaatdor.
g) Kurash faqatgina siyosiy ishlar bilan bo‘lishi kerak (bayonotlar, konferensiyalar, tinch namoyishlar, komitet, komissiyalar tashkil qilish, uchrashuvlar uyushtirish va hakozo). Hokimiyat – bizdan vakildir. Xitoyga qarshi siyosatni xalq bevosita yurita olmaydi. Uni hokimiyat orqaligina olib bora oladi. Shuning uchun, siyosiy ishlarning yo‘nalishi hokimiyatga qaratiladi. Ayni paytda, siyosiy ishlar hokimiyat bilan xalqning orasini ajratadigan emas, balki xalq bilan hokimiyatni birlashtiradigan, ularni birgalikda Xitoyga qarshi yo‘naltiradigan ishlar bo‘lishi zarur. Baxs-munozaralar hikmatli (hujjatga suyangan holda) va haqoratlarsiz olib borilishi lozim. Agar hokimiyat xalqga nisbatan kuch qo‘llasa, bu balodir. Chunki, xamma mustamlakachilarning poylab turgan narsasi ham mana shu. Ular xalqni hokimiyatga gij-gijlab qo‘yib, zaiflashgan davlatda o‘z bilganlarini qilishga o‘tadi. Shuning uchun, hokimiyatning xalqga nisbatan kuch qo‘llanishiga siyosiy ishlar orqali to‘siqlar qo‘yilishi kerak. Masalan, hozirda ba’zi bir hokimiyat vakillari – shartnomalardagi majburiyatlariga binoan – Xitoy manfaatlarini himoya qila boshlashdi. Prezident bosh bo‘lgan ziyolilar Xitoyning mustamlakachi emasligini isbotlab berishning o‘rniga (aslida, hech qachon isbotlay olishmaydi ham), ishonib bo‘lmaydigan bahonalar bilan Xitoy mustamlakasini oqlovchi harakatlarga o‘tishdi.
Shunday paytda sabr ila ularning o‘z xalqiga hiyonat qilishayotganini siyosiy ishlar orqali yetkazish kerak.
Demak, hokimiyat o‘z xalqiga qarshi ish olib bormasin va mustamlakachilarning xiyla-nayranglaridan himoya qilsin. Xalq buni kattiq turib talab qilsin.

Ⅳ Siyosiy ong
1. Siyosiy ong – bu butun dunyoga ma’lum bir nuqtadan turib qarashlikdir. Musulmonlar dunyoga, undagi voqealarga faqat Islom aqidasidan turib qarashlari kerak. Islomga ko‘ra, mustamlakachilikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish vojibdir. Mustamlakachilikdan himoya qiladigan Islomiy davlatimiz yo‘k paytda, mustamlakachilar siyosiy-iqtisodiy yo‘llar orqali kirib kelayotgan bo‘lsa, bunday holatda ularga qarshi siyosiy kurash olib borishimiz farzdir. Shunga ko‘ra, musulmonlar islomiy siyosiy ongga ega bo‘lishlari uchun, sof Islomimizni zudlik bilan tiniq o‘rganishga harakat qilishlari kerak. Aslida, musulmon fukarolarimizning o‘z Islomini o‘rganishga intilishlari kuchli. Ammo, mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari unga qarshi har xil to‘siqlar qo‘yishgan. Mana shuning uchun, xalqimiz ulardan “sakrab o‘tish”lari shart.
Demak, hokimiyat Islomni o‘rganib-o‘rgatish ishlarini yo‘lga qo‘ysin, shuningdek, da’vatchilar bilan xalq o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlasin. Bunday qilmasa, xalq talab qilib olsin.
2. Musulmonlar uchun bu kurash millatchilik yoki vatanparvarlik shiorlariga asoslanishi joiz emas. Ha, bunday tuyg‘ular va ulardan kelib chiqadigan fikrlar insonlar orasida mavjuddir, ammo, kurash ularga asoslanmasligi kerak. Chunki, Islom ularni harom qiladi. Shuningdek, bunday narsalar kurashga asos bo‘la olmasligi hayotda shundoq ko‘rinib turibdi. Va bunday shiorlar Xitoy bosqinidan najot topishlikda zarur bo‘lgan choralarni mukammal belgilab berolmaydi.
Demak, hokimiyat xalqni chalg‘ituvchi fikrlar bilan adashtirmasin va kurash uchun Islomiy qarashni asos qilib olsin. Bunga qarshi yoki beparvo bo‘lsa, xalq undan buni talab qilishi kerak.
3. Shuningdek, kurash demokratiya niqobidagi kapitalizmga asoslanmasligi kerak.
Birinchidan, bugungi mustamlakachilik ko‘rinishlarining hammasi shu kapitalizmning “samaralari”dir. Kapitalizmni dunyoga hukmdor qilishning tariqati – mustamlakachilikdir. Mana shu mustamlakachilik sababli biz derjavalar o‘rtasida talashga tushib turibmiz.
Demak, hokimiyat kapitalizm yuzini yashirmasin va kurashga uni asos qilib olmasin.

Ⅴ Zaruriy chora-tadbirlar
1. Davlat ichidagi muomalalarga oid choralar
1) “Mustaqillik” davridan buyon Qirg‘iziston hayoti Xitoyga anchagina bog‘lanib qoldi. Bunga yetakchilarimizning ko‘rlarcha siyosati sabab bo‘ldi. Endi, Xitoyga qarshi olib borgan siyosatimiz Xitoy bilan muomalamiz keskinlashishiga olib boradi. Bu albatta xalq hayotiga ta’sir qilmay qo‘ymaydi. Ana shunda xalq bunday holatlarga tayyor bo‘lishi kerak. Qiyinchiliklarga sabr qilishlari darkor. Chunki, buning evaziga qulchilikdan qutulishni sotib olishadi. Masalan, hozirda yetakchilarimiz xalq bilan birlashsa va Xitoyga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlab chiqishsa, albatta hayotimizda qiyinchiliklar bo‘ladi. O‘sha paytda xalq hokimiyatdagilarni ayblab chiqishlari mumkin. Extimol, shuning uchun ham ayrim yetakchilar bu siyosatga yetakchilik qilishni istamayotgandir. Ehtimol, ular xalqga ishonmayotgandir. Shuning uchun, hokimiyat xalq bilan birga har qanday qiyinchiliklarga tayyor bo‘lishlari kerak.
2) Xitoy bilan muomalaning keskinlashishidan paydo bo‘ladigan qiyinchiliklardan biri savdo sohasida ro‘y beradi. Chunki, import tovarlarimizning aksariyat qismi Xitoydan keladi (38%). Shuningdek Xitoy sarmoyasining uzilishi sababli ham qiyinchiliklar kelib chiqadi. Masalan, ishsizlik kabi. Ammo, bu qiyinchiliklardan qo‘rqib, Xitoy bosqiniga qarshi chiqmay qo‘yish bo‘lmaydi. Kurashda kutiladigan har qanday qiyinchiliklarni o‘zimizdagi yahshiliklar bilan yengib o‘tishimiz kerak. Shuning uchun, biz manfaatparast kapitalizmdagi bola otaga qaramaydigan egoizmni tashlab, Islom buyurgan mexr-muxabbatni shakllantirmog‘imiz zarur. Avvalo badavlat insonlar zakotni to‘la-to‘kkis ado qilishlari farz. Undan keyin, o‘zlarining asosiy ehtiyojlari qondirilishiga kanoat qilib, qolgan boyliklarini boshqa xayr-ehsonlarga sarflashlari zarur. Bu bilan dunyoyu-oxirat azizligiga erishadilar. Agar unday qilishmasa, Xitoy bosib olganidan keyin boyliklarini xitoyliklar tortib olishadi. Bu yakka shaxslarga tegishli gap.
Davlat esa boylik kapitalistlarning qo‘lida to‘planib qoladigan holatlarni bartaraf qilib, hamma fukarolarning asosiy ehtiyojlari qondiriladigan siyosat yuritishi kerak.
3) Davlatdagi boy-badavlat insonlar avvalambor sanoatga sarmoya solishlari kerak. Zotan, Qirg‘iziston halqi yetuklik yetishsizligidan qiynalib kelmoqda. Oddiy misol, shu kungacha Xitoydan go‘sht mahsulotlari import qilinib keldi. Masalan, 2017- yil Xitoydan eng ko‘p pulga go‘sht mahsulotlari import qilingan (&7 000 000). Ammo, 2018- yil bu import taqiq qilingandi, o‘zimizda go‘sht yetishtirish o‘sib ketdi (bir yilda 140 ming tonnaga o‘sdi).
4) Xitoydan olgan qarzlarimizning ko‘p qismi poraxo‘rlar hamyoniga kirib ketgan. Shuningdek ayrim ziyolilar xoyinona shartnomalarni imzolagani evaziga xitoyliklardan pora olish orqali boyishgan. Ular bu pullarni ihtiyoriy tarzda topshirishlari kerak. Aks holda xalq ularni majburiy olib qo‘yishga qudratlidir. Qaytarilgan mablag‘lar Xitoy qarzlaridan qutulishga sarflanadi (shuningdek, qarz xisoblashish vaqtida Xitoy kreditlarini ishlatishda Xitoy korxonalari qayta o‘zlari olib qo‘ygan mablag‘lar ham hisobga olinishi shart).
5) Ba’zi bir boy kishilarimizning badavlat bo‘lishlik manbai sobiq Ittifoqdan qolgan boyliklarni xususiylashtirib olganiga borib taqaladi. Aslida, u boyliklar xalqniki edi, ammo, ular kapitalizm sababli bir hovuch insonlar qo‘liga o‘tib ketgan. Buni o‘sha badavlat kishilarning o‘zlari his qilishlari va xalqga o‘tkizib berishlari kerak. Aks holda xalq majburiy “xis qildirib” qo‘yishi mumkin.
6) Bulardan tashqari, o‘z halol mehnati bilan boylik orttirgan insonlarimiz bor. Ularning ba’zilari xorijda sarmoyadorlik qilib yurishibdi. Ularni o‘lkaga qaytib kelishga va sanoatni tiklashga rag‘batlantirish kerak.
2. Tashqi muomalarga bog‘lik choralar;
1) Qo‘shni musulmon o‘lkalardagi birodarlarimizga Xitoy Qirg‘izistonnigina emas, balki butun O‘rta Osiyoni bosib olishga bel bog‘laganini tushuntirishimiz zarur. Ular buni tushunishsa, hokimlaridan chegaralarni ochib qo‘yishni talab qilishadi. Musulmonlar orasiga tortilgan chegaralar ochilishi bilan hayotdagi qo‘pgina qiyinchiliklar yechilib ketadi. Agar musulmon birodarlarimiz millatchilik yoki vatanparvarlik vasvasalariga aldanishsa, ertaga ular ham xitoyliklarga qul bo‘lishadi.
2) Uzoqdagi musulmon birodarlarga murojaat qilish;
Turkiya, arab davlatlari va boshqa musulmon davlatlaridan qarz olish kerak. Sanoat mahsulotlari kelishiga sharoitlar yaratilishi zarur. Zotan, ularning ayrimlari hozir ham sarmoyadorlik qilib, savdo qilishyapti. Umuman halqaro siyosatdan qaraganda, Amerika ular orqali ham kirib kelmoqchi; xossatan olganda, ularning boylari boyliklarini ko‘paytirish uchun ishbilarmonlik qilishyapti. Agar shunday og‘ir paytda ularning hokimlari yordam berishdan yuz o‘girsalar, unda butun musulmonlarga murojaat qilishimiz kerak, shunda u birodarlarimiz hokimlaridan yordam berishni talab qilishadi.
Demak, davlatning bu borada progammasi bo‘lishi darkor.
Bu narsalar o‘sha paytdagi favqulodda holatdan olib chikuvchi yechimlardir.

Ⅵ Muammoning tub yechim
1. Xitoy mustamlakachiligidan qutulishning tub yechimini xalqaro tashkilotlardan kutmaslik kerak. Negaki, xalqaro tashkilotlar shu mustamlakachi derjavalarning hukmronligini ta’minlab berish uchun tashkil qilingan. Masalan, Xitoyning uyg‘ur va boshqa millatdagi musulmonlarga nisbatan qo‘llayotgan zulmlari uchun BMT qanday chora qo‘llay oldi? Hech qanday chora ko‘ra olmadi, chunki, Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosidir!
2. Amerikaga suyanish ham qutulishimiz uchun tub yechim bo‘la olmaydi. Chunki, u ham Xitoy kabi mustamlakachidir. Uni Afg‘oniston, Iroqda nimalar qilganligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Bu narsa Tramp qabul qilgan shiordan ham ko‘rinib turibdi: “Eng avvalo – Amerika!”
3. Rossiyaga tayanish ham tub yechim emas. Chunki, uning o‘zi ham O‘rta Osiyoning eski mustamlakachisidir. Ammo, u Xitoy qarshisida zaiflashib bormoqda. Hitoy bilan bo‘lgan aloqasidagi ulkan manfaatlar sababli, u Xitoyga Qirg‘izistonni ochib qo‘ydi. YeOII orqali iqtisodiy tomondan, KXShT orqali harbiy tomondan bilvosita to‘sqinlik qilishga urunishiga qaramasdan, Xitoy JST, ShHT va boshqa yo‘llar bilan qirib bo‘lgan. Buning ustiga, Rossiya Qirg‘izistonga o‘z mulkidek qaraydi. Agar ertaga qandaydir manfaat talab qilib qolsa, unda Qirg‘izistonni Hitoyga berib yuborishi hech gap emas.
4. Avval ish nima bilan o‘nglangan bo‘lsa – buzilgandan keyin ham – qayta yana o‘sha bilan o‘nglanadi. Nabiy sallollahu alayhi va sallam payg‘ambar bo‘lib kelganda, arablar qabila-qabilaga bo‘lingan xalq edi. U paytda Vizantiya birinchi maqomdagi davlat bo‘lib, u bilan Fors imperiyasi raqobatlashar edi. Arablar ularga tobe bo‘lgan. Rasululloh s. a.v. Madinada Islomiy Davlatni tikladi. Undan keyingi xalifalari Islomni da’vat va jihod yo‘li bilan yoyib, Fors imperiyasini qulatishdi, Vizantiya yerlarini fath qilishdi. Maqsad, xalqlarni qul qilishlik emas, balki ularni johiliyat zulmatlaridan Imon nuriga, zolimlar zulmidan Islom adolatiga olib chiqish edi. Keyin har xil millatdagi xalqlar Islomni qabul qilishdi, ular ham Islom bilan aziz bo‘lishdi.
Musulmonlar qachonki, davlatda Islomni yahshi tatbiq qilishganda, aziz bo‘lishdi. Oqibatda, g‘arbdan Ispaniyagacha, sharqdan Indoneziyagacha bo‘lgan yerlar islomiy diyorlarga aylandi. Musulmonlar qachon Islomni buzib qo‘llaganda esa, xor bo‘lishdi (xoch yurishlari, mo‘g‘ullar bosqini kabi)
Undan keyingi usmoniylar Islomni yaxshi tatbiq etishganda, Konstantinopol fatx qilindi, undan o‘tib, Avstriyagacha yetib borishdi. Islomni buzib tatbiq qilishganda esa, G‘arb derjavalari tomonidan bosib olindi. Musulmonlar mayda-mayda davlatchalarga bo‘lib tashlanib, mustamlakalarga aylanishdi.
Demak, musulmonlar ishi – ularni ximoya qiluvchi qalqon – Islomiy davlatni tiklash bilan yechiladi. Dunyodagi bir yarim milliard musulmonni birlashtiruvchi bu davlat – imperialist derjavalarning zulmiga barham berib – qaytadan olamga haqiqat va adolatni tarqatadi.

Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.