Konfutsiy instituti Qirgʻiziston talabalariga “yorqin kelajak” vaʼda qilmoqda

1165
0

Konfutsiy instituti Qirgʻiziston talabalariga “yorqin kelajak” vaʼda qilmoqda

Konfutsiy institutiKirgʻiziston yoshlariga porloq kelajakyaratib beradi. Bu hakida “Sinxua” agentligi xabar tarqatdi.

Konfutsiy instituti xakida qisqacha maʼlumot bermokchimiz. Bu bilim dargohi 2013yilda Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida bunyod etilgan boʻlib, unda mashgʻulotlar asosan xitoy tilida yurgiziladi.Xitoy madaniyatini oʻrganish, kun-fu, kalligrafiya, xitoy tamgʻasi va xitoy cholgʻu asboblarida mashq qilish ham taʼlim programmasiga kiritilgan.

Xitoy tili va xitoyshunoslik kafedrasining asosiy faoliyati yuqori malakali xitoyshunos mutaxassislarni yetishtirib chiqishdan iborat boʻlib, yaqin kelajakda bitiruvchilar uchun Qirgʻizistonda mashaqatsiz, osongina ish joylariga ega boʻlishni kafolatlaydi. Shu jumladan, Xitoyga borib, u yerda malaka oshirish imkoniyati ham oʻquv programmlariga kiritilgan. Ayni paytda Konfutsiy institutida 800 nafar atrofida talaba taʼlim olmoqda.Institut rejasiga binoan, yaqin kelajakda koʻproq studentlarni qabul qilishni oʻziga maqsad qilib olgan.

Konfutsiy institutining prezidenti Lyu Vensyanga koʻra, Kirgʻizistonlik talabalar bilimgaoʻta chanqoq va Xitoyga borib oʻqishni davom ettirishni judaxohlaydilar.

Institut direktori Toktosun Aytikeyevning maʼlum qilishicha institutda bilim berish darajasi nihoyatda yuqori boʻlib, aynan shu institutda taʼlim olayotgan talabalartufayli Oʻsh fuqarolari Xitoy toʻgʻrisida eng yaxshi tasavvurga ega boʻlmoqdalar.

“Institut bitiruvchilari Oʻrta Osiyo boʻylab bemalol xitoy tilida soʻzlasha oladilar. Shu sababdan Oʻrta Osiyo davlatlari va Xitoy oʻratasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar va boshqa sohalarga salmoqli hissa qoʻshishlari muqarrar, bu narsadan bir xursandmiz” – deydi Xitoy savdo palatasining Oʻshdagi vakili Yan Baogo.

Qirgʻizistonning Jalol-Obod viloyatida ham Konfutsiy institutining barpo etish xitoyliklar loihasidan oʻrin olgan.

Oʻshdagi 2010 yilgifuqarolikurushi natijasida yuzaga kelgan boʻshliqni nafaqat Rossiya va Gʻarb olami, balki Xitoy dahriylari ham toʻldirishga harakat qilmoqda. Shundan kelib chiqib ayta olamizki, oʻtgan 5 yil mobaynida mazkur institutda taʼlim olgan talabalar Xitoy saqofati bilan sugʻorilib, jamiyatga orasiga kirgizildi.

Endilikda oʻgʻil-qizlarimiz butparaslik aqidasi bilan tarbiya topishmoqda. Masalaning eng yomoni xitoylik murabbiylar musulmon farzandlariga faqat bilim berish bilan kifoyalanmay, ularning nom-nasabini oʻzgartirishga ham targʻib qilmoqda. Qizlarning hijobda darsga kelishligiga qarshilik koʻrsatmoqda.

Bu borada hukumat boshchilarining jinoyati ulkan. Ammo oʻzimizning aybimiz ham yoʻq emas. Oʻz aybimizga nisbatan beparvolik qilmasdan, avvalo atrofimizga, qoʻshnilarimiz, qarindoshlarimiz hayot tarziga ham diqqat qaratsak maqsadga muvofiq boʻlardi.

Farzandiningkelajagini bilib-bilmasdan butparast ixtiyoriga topshirib, bu ishining oqibatihaqida zarracha tafakkur qilmagan ota-onalar ham oramizda yoʻq emas. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, faqat foyda uchun farzandining dunyo va oxiratiga eʼtiborsizlik paydo boʻladi.

Faqat moddiy jihatni afzal bilib, “kelajakda mening farzandim toʻkin-sochin yashasin, mengafarovon hayot taqdim qilsin” degan niyat, musulmonning bandalik vazifasiga xilofdir. Zero musulmon har bir amalini foyda-zararga emas, eng avvalo harom va halol mezonida oʻlchamoqligi lozim.

Xitoyning saqofiy bosqinchiligiga aynan oʻzimiz, oʻz farzandlarimiz orqali hissa qoʻshmoqdamiz.Hushyor boʻlaylik.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.