AQSH hukumati faoliyatini qisman toʻxtatdi

518
0

AQSH hukumati faoliyatini qisman toʻxtatdi

AQSH federal muassasalarining bir qismi moliyalashtirilmagani uchun faoliyatini qisqartirdi. Bu prezident Donald Tramp va demokratlar oʻrtasidagi qarama-qarshilikni keltirib chiqardi.

Mahalliy vaqt bilan yarim tunda hukumatni moliyalashtirishni koʻzda tutuvchi yettita qonunning amal qilish muddati tugadi. Shunday qilib, Davlat departamenti, Adliya vazirligi, ichki xavfsizlik, qishloq xoʻjaligi, transport vazirliklari hamda bir qator mahkamalar faoliyatini qisqartirishi va bir qism xodimlarini taʼtilga chiqarishi lozim. Hukumat tarmoqlari oʻrtasida bir toʻxtamga kelish uchun hali vaqt bor – 24 va 25 dekabr kunlari dam olish kuni deb eʼlon qilindi, demak byudjetning yoʻqligini 26 dekabrdan amalda his etish mumkin boʻladi. Agarda inqiroz tezda bartaraf etilsa, noqulaylikni asosan rojdestvo taʼtiliga chiqish oʻrniga byudjet bilan shugʻullanishga majbur boʻladigan kongressmenlar his etadi.

Byudjet taqchilligi Trampning 5 mlrd dollarni chegaralar xavfsizligini taʼminlash uchun byudjetga kiritmaslikka harakat qilayotgani bilan bogʻliq, demokratlar esa bunga qarshi. Vakillar palatasida respublikachilar prezident talabini toʻldirib, qoʻshimcha 5,7 mlrd dollarlik byudjetni tasdiqladi. Biroq Senatda hujjatni tasdiqlash uchun eng kamida 60 ovoz talab qilinadi, yaʼni respublikachilarni demokratlarning hech boʻlmasa bir qismi qoʻllab-quvvatlashi lozim. Natijada yuqori palata kelishuvga erisha olmadi.

Respublikachilar Tramp talab qilgan 5 mlrd dollarlik mablagʻsiz vaqtinchalik byudjetni tasdiqlashni taklif etdi. Prezident dastavval rozi boʻldi, biroq keyin soʻzida qatʼiy turib oldi va byudjet imzolanmasligini maʼlum qildi.

Joriy yilda AQSH hukumati uchinchi marta faoliyatini toʻxtatdi. Moliyalashtirishni toʻxtatish – korxona va muassasalarni zudlik bilan yopishni anglatmaydi – ularning ayrimlari, masalan, Davlat departamentida hisobida sarflanmagan mablagʻlar boʻlib, ularni ishlatish mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.