Rossiya: Eronni AQSH sanksiyalari yangi toʻlqinidan himoya qilamiz

1182
0

Rossiya: Eronni AQSH sanksiyalari yangi toʻlqinidan himoya qilamiz

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkovning maʼlum qilishicha, Rossiya Eron AQSHning eksʼhududiy sanksiyalari yangi toʻlqinidan zarar koʻrmasligini taʼminlash uchun barcha ishni amalga oshirish niyatida. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

U bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Abbos Arakchi bilan uchrashuv chogʻida bayonot berdi.

“Biz Eronning pozitsiyalari mustahkamlanishi uchun maksimum ishni qilishga qatʼiy bel bogʻlaganmiz. Bunda Amerika maʼmuriyatining qarori boʻyicha qaytayotgan eksʼhududiy sanksiyalar yangi toʻlqinidan kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar yoʻqqa chiqarilishi lozim”, – deya maʼlum qildi Ryabkov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya Qoʻshma keng koʻlamli harakat rejasini saqlab qolish uchun maksimal darajada harakat qilish niyatida. Vazir oʻrinbosari Rossiya Eron yadroviy bitimiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.

May oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan yadroviy bitimdan chiqib ketishi va Eronga qarshi sanksiyalar tiklanishi haqida eʼlon qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.