Qirgʻizistonda amaldagi prezident bilan sobiq prezident oʻrtasidagi keskinlik ochiq siyosiy va matbuot kurashiga aylandi

1519
0

Qirgʻizistonda amaldagi prezident bilan sobiq prezident oʻrtasidagi keskinlik ochiq siyosiy va matbuot kurashiga aylandi

Qirgʻiz elitasi amaldagi prezidentni tanladi

Qirgʻiziston respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atambayev oʻtgan yili boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida SDPK partiyasi nomidan oʻziga meros qilib Sooronbay Jeenbekov nomzodini koʻrsatgan edi. Jeenbekov prezident boʻlguniga qadar deyarli bir yil bosh vazir vazifasida ishlagan paytda Atambayevning yaqin odami boʻlgan. Lekin oʻzi prezident boʻlgach, sobiq prezidentning norasmiy koordinatorlik qilish siyosati toʻgʻri kelmaganligi uchun oʻzini undan olib qochib, oʻz siyosatini yurgiza boshladi. Natijada amaldagi prezident bilan sobiq prezident oʻrtasida keskinlik paydo boʻlib, sobiq prezidentdan qolgan yetakchi guruh bu ikki siyosatchidan birini tanlashga majbur boʻldi va oʻrtada boʻlinish yuzaga keldi. Aprel oyida Atambayev bevosita siyosatga qaytganini eʼlon qilib, SDPK partiyasiga yetakchi boʻlib saylanib oldi. Partiya ham ikkiga boʻlinib, haligacha birlasha olgani yoʻq.

Jeenbekov oʻz salohiyatidan foydalanib, Atambayev suyangan bir qator mansabdorlarni ishdan boʻshatdi, baʼzilarini qamoqqa oldi. Shu kungacha Sapar Isakov bosh vazir boʻlgan vaqtdagi bir qator yirik korrupsiyalik moliyaviy jinoyatlarni fosh qildi, S. Isakovni oʻzini esa, qamoqqa oldi. Keyinroq avvalda Atambayevning shofyorligidan prezident apparati yetakchiligigacha koʻtarilgan Ikram Ilmiyanov Moskvada qoʻlga olinib, Qirgʻizistonga olib kelindi. Shu yilning sentyabr oyidan eʼtiboran, sobiq prezidentlardan daxlsizlik huquqini olib tashlash taklifi qonuniylashtirila boshlandi. Ushbu harakatlarning barchasi sobiq prezidentga qarshi olib borilayotganligi bois, Atambayev javob qaytarishga majbur boʻldi.

Atambayev noyabr oyida oʻziga qarashli “Aprel” telekanalidan maxsus reportaj uyushtirib, oʻzini hokimiyatga qarshi muxolifat ekanini eʼlon qildi. Prezident Jeenbekov bunga qarshi Qirgʻiziston tarixidagi sobiq bosh vazirlarni aylana stol atrofida toʻplab, muzokara oʻtkazdi va ularni yuz berayotgan jarayonlarga toʻgʻri baho berishga hamda mamlakatning siyosiy hayotida faol harakat olib borishga chaqirdi. Yaʼni prezident bir yil ichida oʻz quvvati, aka-uka va boshqa yaqinlari bilan yetakchi guruh paydo qila olmaganini tan olib, elita vakillari bilan birlashishga va ulardan quvvat olishga qaror qilganini eʼlon qildi. 24 noyabrga eʼlon qilingan xalq qurultoyi ham, elita vakillarining saʼy-harakati bilan muxolifat kuchlari tomonga emas, balki hokimiyat manfaati tomoniga burib yuborildi. Ular oʻzlarini konstruktiv muxolif kuchlardek koʻrsatganlari bilan, biroq elitaning quvvatini va ular prezident tarafda ekanlarini tushuntirib qoʻyishdi. Xalq qurultoyi prezidentning bir yillik faoliyatiga qoniqarli deb baho berdi. Sobiq prezidentning barcha faoliyatiga qoniqarsiz, deb baho berildi. Oʻzlarini konstruktiv ekanliklarini koʻrsatish maqsadida amaldagi prezidentga 2019 yilning aprel oyiga qadar sinov muddati eʼlon qilishdi. Yaʼni shu vaqt mobaynida prezident mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy muammolar uchun muolaja mexanizmini yaratishi shart. Elita uchun mamlakatdagi oʻz shaxsiy mulk va imkoniyatlariga koʻz olaytirmaslik kafolati kerak. Yaʼni SSSRdan qolgan siyosiy elita vakillarining deyarli hammasi mamlakat imkoniyatlarini suiisteʼmol qilish orqali boyigan odamlardir. Atambayev ham oʻz reportajida milliardlagan boyliklarini oshkor qilib, ularni xususiy kompaniyalari orqali oʻz halol mehnati bilan topganini isbotlamoqchi boʻldi. Demak, iqtisodiy jinoyatlar ochilishi bilan siyosiy sobiq amaldorlardan tozalash ishlari davom etadi. Sobiq prezidentdan daxlsizlik olib tashlanishi bilan, atambayevchilar komandasiga oxirgi zarba berilishi kutilyapti.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, siyosiy elita xalq manfaatini himoyachilari boʻlib koʻrinyapti. Ular xalq ichida yana navbatdagi prezidentga ishonch paydo qilish bilan jamiyatda oʻz salohiyatlarini oshirib olishga urinishyapti. Navbatdagi prezident ham, undan keyingi prezident ham mamlakat va xalqning holatini yaxshilay olmaydi. Chunki siyosatni prezidentlar emas, yetakchi guruh vakillari boshqarib boradi. Yetakchi guruh esa, prezidentdan oʻz manfaatlarini himoya qilib borishini talab qiladi. Bu kapitalistik sistemaning tabiati boʻlib, davlat hamisha yetakchi guruhning (kapitalistlarning) manfaatiga xizmat koʻrsatish apparatiga aylanib qolaveradi. U, korrupsiya yoki boshqa jinoyatlarga qarshi kurashayotganda ham, yetakchi guruhning manfaatiga qarshi bora olmaydi. Chunki yetakchi guruh prezidentdan yoki hokimiyatdan xafa boʻlsa, imkoniyati boricha xalq orqali albatta unga zarba berishga harakat qilaveradi. Shuning uchun har qanday prezident ham bu korrupsiyaga botib qolgan yetakchi guruh bilan hisoblashishga, unga suyanib birga faoliyat olib borishga va unga xizmat qilishga mahkumdir.

Demak, Qirgʻizistondagi islohotlar, prezidentlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarning bartaraf etilishi bilan hal boʻlib qolmaydi. Balki boshqaruv sistemasining tubdan oʻzgarishi bilan amalga oshadi. Bu esa, olamiy kufrga asoslangan boshqaruv sistemasini (kapitalistik mabdani) tag tubi bilan oʻzgartirish kerak degan maʼnoni anglatadi. Chunki Qirgʻiziston ham xalqaro siyosat iskanjasida qolgan zaif davlatlar safida boʻlib, olamiy kufr sistemasi nazorati va andozalari ostida siyosat yurgizishga majbur boʻlgan mustamlaka mamlakatdir. Olamiy kufr boshqaruv sistemasiga qarshi har birimiz oʻz mamlakatimizdan turib, ichki siyosiy isyon paydo qila oladigan yagona quvvat boʻlgan islomiy mabdaiy kurash olib borish bilangina muvaffaqiyat qozona olamiz. Chunki kufr mabdasiga qarshi Islomni albatta mabda sifatida koʻtarib chiqish oʻta ahamiyatlidir. Negaki, har bir ochilib borayotgan siyosiy boʻshliqlarni islomiy mabdaiy hukmlar bilan toʻldirish imkoniyatlarimizni xalqqa tushuntirib borishimiz zarur. Aks holda, Ummat Islomning kufr oʻrnini egallay olish quvvatini ongli ravishda seza olmaydi, demakki, ishonch ham bildira olmaydi. Ummat jamiyatni oʻzgartirishdagi asosiy quvvat ekanligini hisobga olsak, uning ishonchi oʻta ahamiyatli va hal qiluvchi kuch deb eʼtibor qilinadi.

Hizb ut-Tahrirning Qirgʻizistondagi matbuot boʻlimi

Rasmiy sayt: http://hizb-turkiston.net

Elektrot pochta: webmaster@hizb-turkiston.net

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.