BMT Ukrainaning Qrim boʻyicha rezolyutsiyasini qabul qildi

784
0

BMT Ukrainaning Qrim boʻyicha rezolyutsiyasini qabul qildi

 17 dekabr kuni BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida mojarolarga barham berish boʻyicha kun tartibi bandi doirasida Qrimni militarizatsiyalash, shuningdek Qora va Azov dengizlari hududlari toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilindi. Mazkur qarorga javob tariqasida Rossiya vakili “Qrimning tegishlilik masalasi uzil-kesil va tamomila hal etilgani”ni maʼlum qildi, deya xabar berdi BMT yangiliklar markazi.

 Qrimni militarizatsiyalash (harbiylashtirish) hamda Qora va Azov dengizlari hududlari toʻgʻrisidagi rezolyutsiya Ukraina delegatsiyasi tomonidan boshqa 40 ta davlat hammuallifligida koʻrib chiqish uchun kiritilgan edi. Ukraina tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Kislitsa rezolyutsiyani taqdim etar ekan, barcha davlatlarni rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlash, Rossiyani esa Qora dengizda egallangan uch kema va ularning 24 nafar ekipaj aʼzolarini ozod qilishga chaqirdi.

 Rezolyutsiyada Rossiya qoʻshinlarining Qrimda mavjud boʻlishi Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga zid ekani hamda qoʻshni mamlakatlar va Evropa mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga raxna solishi taʼkidlanadi. Unda “Rossiya Federatsiyasining bosib oluvchi mamlakat sifatida Qrimni harbiylashtirishni kuchaytirayotgani munosabati bilan” jiddiy xavotirlar aks ettirilgan.

 Mualliflar Qora dengizda qarama-qarshilikning zoʻrayib borayotgani hamda Rossiya tomonidan Ukrainaga nisbatan kuch ishlatilishi, jumladan 25 noyabrь kuni Ukraina Harbiy-dengiz kuchlariga oid uch kemaning egallanishini oqlab boʻlmasligini taʼkidlaydi.

 BMT Bosh assambleyasi Rossiyani kemalarni hamda ularning ekipajlari va uskunalarini shartlarsiz, zudlik bilan ozod qilish, shuningdek Ukrainaning Qora va Azov dengizlari, Kerch boʻgʻozidagi navigatsion huquq va erkinliklariga toʻsqinlik qilmaslikka chaqirdi. Hujjatda Rossiyaning Kerchь boʻgʻozi orqali “Rossiya Federatsiyasi va vaqtincha bosib olingan Qrim oʻrtasida” koʻprik qurayotgani ham qoralangan.

 “Bosh assambleya Rossiya Federatsiyasini bosib oluvchi mamlakat sifatida oʻz qurolli kuchlarini Qrimdan olib chiqib ketish va Ukraina hududini vaqtincha istilo qilishga barham berishga chaqiradi”,- deyiladi qabul qilingan rezolyutsiyada.

 Rezolyutsiyani 66 mamlakat qoʻllab-quvvatladi, 19 davlat qarshi chiqdi. 72 delegatsiya ovoz berishdan tiyildi. Qarshi ovoz bergan davlatlar qatorida Armaniston, Belarus va Oʻzbekiston ham bor. Qozogʻiston va Qirgʻiziston delegatsiyasi ovoz berishdan tiyilgan boʻlsa, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston vakillari ishtirok etmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.