Ostonada xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi

880
0

Ostonada xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi

 Ostonada 6 dekabr kuni mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonning tegishli organlari vakillari ishtirok etdi.

 Qozogʻiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga koʻra, konferentsiya ishtirokchilari uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar tajribasi bilan oʻrtoqlashib, yangi chaqiriqlar va xavfsizlikka tahdidlar haqida samarali ogohlantirish barcha manfaatdor davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari saʼy-harakatlari birlashishini talab qilishini taʼkidlab oʻtishdi.

 Qozogʻiston bosh prokurori Qayrat Kojamjarov xalqaro hamkorlik sohasida erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot berib, Qozogʻiston ishtirokchi boʻlgan shartnomaviy-huquqiy hujjatlar majmuiga eʼtibor qaratdi.

 Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mamlakat jinoyatchilikka qarshi kurash, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi 100dan ortiq koʻp tomonlama konventsiyalarga teng huquqli aʼzo. Ushbu sohada Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlari, jumladan, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya hamda AQSh bilan 60dan ortiq ikki tomonlama bitimlar imzolangan.

 Oʻz navbatida, konferentsiya ishtirokchilari transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qilish organlarining muvaffaqiyatga erishishi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bevosita bogʻliq ekanini taʼkidladilar.

 Tadbirda BAA federal prokurori Al-Shamsiy, Qirgʻiziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov, Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon, Oʻzbekiston bosh prokurori Otabek Murodov va Moʻgʻuliston bosh prokurori oʻrinbosari Erdenebat Ganbat ishtirok etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.