Fors qoʻltigʻiga amerika harbiy kemalari kiritiladi

971
0

Fors qoʻltigʻiga amerika harbiy kemalari kiritiladi

 AQSh Eronga kuchini koʻz-koʻz qilish maqsadida Fors qoʻltigʻiga harbiy kemalarni yubormoqchi, deb xabar qildi RIA “Novosti”.

 “AQSh harbiy dengiz kuchlarining bir guruh kemalari Eronga kuchini koʻrsatish maqsadida yaqin kunlarda Fors qoʻltigʻiga kirib boradi”, – deyiladi xabarda.

 Noyabrь oyida CNN telekanali Pentagondagi manbasiga tayangan holda vazirlik AQSh Markaziy qoʻmondonligining qoʻshimcha hariy resurslar, shu jumladan, avianosetsni Fors qoʻltigʻida joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini rad etganligi toʻgʻrisida xabar bergan edi.

 Bunday soʻrov Eron AQSh kiritgan sanktsiyalarga javoban harbiy operatsiyani boshlab yuborishi mumkinligidan kelib chiqqan xavotir tufayli amalga oshirilgan.

 “Wall Street Journal” nashri AQSh Mudofaa idorasidagi manbasiga tayanib bergan xabarga koʻra, amerikaning “John C. Stennis” avianosetsi va bir guruh boshqa kemalar hafta oxirida Yaqin Sharq mintaqasi suvlariga kirib borishadi. AQSh kemalarining Fors qoʻltigʻiga kirishi soʻnggi sakkiz oyda amalga oshirilgan birinchi bu koʻlamdagi operatsiya boʻladi. Bu yerga kemalarni yoʻllash – Eronga AQSh kuchini koʻz-koʻz qilishdan iborat, deb yozadi nashr.

 Nashrning Pentagondagi manbalariga koʻra, “John C. Stennis” avianosetsi yaqin sharq mintaqasida ikki oycha boʻladi, va bu vaqtning kattagina qismini Fors qoʻltigʻida oʻtkazadi. Manbalar, avianosets mintaqa suvlarida Eronning ehtimoliy dushmanlik faoliyatini “soʻzsiz ushlab turishi” mumkinligi aytishmoqda.

 5-noyabr kunidan boshlab AQShning Eronga qarshi sanktsiyalari kuchga kirdi. Sanktsiyalar neft eksportini qamrab oldi. Vashington ilgariroq eron nefti eksportini nolga tushirish maqsadi haqida eʼlon qilgan va xaridorlarni neftni olishdan voz kechishga chaqirgan edi. Dushanba kuni Moliya vazirligi AQSh sanktsiyalar roʻyxatiga Eronning 700dan ortiq shaxslari, tashkilotlari, samoletlari va kemalarini kiritayotgani haqida xabar berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.