Yevroosiyo Ittifoqi oʻzaro savdo-sotiqlarida milliy valyutadan foydalanishni kuchaytirmoqda

746
0

Yevroosiyo Ittifoqi oʻzaro savdo-sotiqlarida milliy valyutadan foydalanishni kuchaytirmoqda

Rossiya oʻz iqtisodiyotining dollarga qaramligini kamaytirish uchun saʼy-harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi hukumati bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sergey Eduardovich Prixodko jurnalistlarga bergan inervьyusida aytib oʻtdi. Prixodkoning maʼlum qilishicha, Rossiya boshchiligidagi Yevroosiyo Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻzaro savdoda milliy valyutadan foydalanishni kuchaytirganlar.

Prixodko 2018 yilning birinchi yarmida Yevroosiyo Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida amalga oshirgan oʻzaro tijoratda milliy valyutalarning nisbati 70 foizdan oshganligini alohida taʼkidladi.

“Joriy yilning birinchi olti oyida Yevroosiyo Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi tijorat toʻlovlarida milliy valyutaning ulushi 70 foizdan oshdi”, “Maʼlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, milliy valyuta birliklari bilan amalga oshirilgan toʻlovlarning katta qismi Rossiya bilan yuritilgan tijoratni oʻz ichiga olgan va ushbu toʻlovlarda rubl ishlatilgan”, dedi Prixodko.

Makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik taʼminlangan holda mushtarak moliyaviy bozor yaratish haqida toʻxtalgan Prihodko Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻrtasida milliy valyutalar bilan amalga oshirilayotgan tijorat oʻsib borayotganiga urgʻu berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday toʻlovlar ulushini oshirish imkoniyatlari Yevroosiyo Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishga bogʻliq.

Ittifoqni boshqarayotgan iqtisodiy qoʻmitaning maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning toʻqqiz oyi davomida Ittifoq aʼzolari oʻrtasidagi tijorat hajmi 44 milliard dollarni tashkil etgan boʻlsa, ayni paytda dunyoning boshqa davlatlari bilan olib borilgan tijorat hajmi 548 milliard dollarni tashkil etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.