Mark Karlton-Smit: Rossiya “IShID”dan ham kattaroq xavf

476
0

Mark Karlton-Smit: Rossiya “IShID”dan ham kattaroq xavf

 Britaniya armiyasi Bosh shtabi boshligʻi, general Mark Karlton-Smit The Telegraph nashriga bergan intervьyusida Rossiya bugun “milliy xavfsizlikka diniy ekstremistlar, xususan, “Al-Qoida” va “IShID”dan koʻra koʻproq xavf solayotgani”ni maʼlum qildi.

 “Rossiya oʻz milliy manfaatlarini himoya qilish va ularni kengaytirish uchun harbiy kuchdan foydalanishga tayyorligini namoyish qildi. Ruslar oʻzi aniqlagan har qanday boʻshliq va kuchsiz nuqtadan foydalanib qolishga urinmoqda”,- dedi general.

 Karlton-Smitning bayon qilishicha, Iroq va Suriyada “IShID” tor-mor qilingach, ular tomonidan kelayotgan xavf susaygan, biroq Rossiya “Gʻarbning zaif nuqtalarini ayniqsa kibermakon, kosmos va suv osti kabi noodatiy sohalarda muntazam ravishda tadqiq etishga kirishgan”.

 Gʻarb mamlakatlari ayni vaqtda Rossiyani Ukrainaga nisbatan tajovuzda, Qrimni bosib olishda, AQSh prezidenti sayloviga aralashishda, boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarga qarshi kiberhujumlar uyushtirishda, shuningdek, Buyuk Britaniyada kimyoviy qurol qoʻllaganlikda ayblamoqda. Rossiya ushbu ayblovlarning barini rad etib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.