Yevroittifoq Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiya ishlab chiqadi

868
0

Yevroittifoq Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiya ishlab chiqadi

 2018 yilning 23 noyabr kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV xabar bermoqda.

 Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Yevroittifoq tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, iqtisodiy, investitsion sohalardagi, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi, atrof-muhit, suv manbalari va xavfsizlik jabhalaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini batafsil muhokama qilindi.

 Markaziy Osiyo davlatlari vakillari 2019 yil soʻngiga qadar Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi YeIning qarorini qoʻllab-quvvatladilar hamda uning samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar berdilar.

 Yalpi majlislar va boshqa shakldagi uchrashuvlar chogʻida mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.