Tojikistonda joylashgan Rossiya bazasida harbiy tartib kuchaytirildi
Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi qattiq tartibda xizmat koʻrsatish tizimiga oʻtdi. Bu haqida mazkur baza qoʻmondonining yordamchisi Vladimir Aleksandrov maʼlum qildi. Aleksandrovning taʼkidlashicha, “Islomiy davlat” tashkilotiga tegishli ekanligi aytilayotgan bir guruh jangarilar Tojikistonda terror harakati amalga oshirish uchun tayyorgarlik koʻrganlik daʼvosi bilan qoʻlga olinganligi haqidagi xabardan keyin mamlakatdagi Rossiya bazasidagi harbiy tartib kuchaytirilgan.
“Biz hozirgacha Tojikiston xavfsizlik xizmatidan hech qanday maʼlumotni olishga erishmadik, lekin Internetdagi maʼlumotlarni koʻrganimizdan soʻng qattiq tartibda xizmat koʻrsatish tizimiga oʻtish haqida harbiy baza qoʻmondonidan buyruq keldi”, dedi “Sputnik” axborot agentliklariga intervьyu bergan Qoʻmondon.
Tojikiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasiga oid manbaning keyinchalik “Sputnik”ka aytishicha, Tojikiston xavfsizlik xizmatlari rus harbiy oʻquv yurtida va rus harbiy bazasida terror hujumlarini uyushtirish uchun tayyorgarlik koʻrganlikda gumon qilingan 12 kishidan iborat bir guruh qoʻlga olingan.
“12 kishidan iborat jinoiy guruh “Islomiy davlat” koʻrsatmalariga binoan Rossiyaning 201 harbiy bazasining kiraverishida va Dushanbedagi Rossiya Mudofaa vazirligiga oid oʻquv yurtida terrorchilik hujumlarini amalga oshirmoqchi boʻlishgan”, deydi manba.
Manbaga koʻra, “terror”chi guruh aʼzolari Dushanbe shahrining janubi-gʻarbiy qismida toʻplangan paytda qoʻlga olingan.
Turkiston:
12 nafar shaxs butun bir diviziyani vahimaga solib, uni ichidan portlatib yuborish bilan qoʻrquvga sola olsa, bu armiya Tojikistonni qanday himoya qila oladi. Axir u oʻzini himoya qila olmay vahimaga tushib, Tojik xavfsizlik qoʻmitasi himoyasiga muhtoj boʻlib tursa!!!
Rossiyaning 201 diviziyasi Afgʻoniston tomondan keladigan xavf-xatardan Markaziy Osiyoni himoya qilish maqsadida 1945 yili Tojikistonga olib kirilgan. SSSR qulatilganidan keyin ham, mintaqani shu tomondan himoya qilish maqsadi bilan Rossiyaning harbiy bazasi boʻlib saqlanib qoldi. Oxirgi vaqtda Rossiya bu harbiy bazasi vositasida oʻzining mintaqadagi siyosiy va harbiy manfaatlarini himoya qilmoqchi boʻlyapti. U Tojikistonga harbiy bosim qilish bilan qalbaki vahimalar uyushtirish va mintaqani qoʻrquvga solish orqali qoʻldan chiqib borayotgan Markaziy Osiyodagi manfaatlarini AQSh va Xitoyning xataridan saqlab qolmoqchi boʻlayapti. Tolibon bilan muzokaralar uyushtirish harakatlari, ularni yashirin qurollantirishga boʻlgan urinishlar, “IShID” haqidagi uydirma va qalbaki vahima tarqatib boryotgan matbuot hujumlari shular jumlasidandir.
Tojikistonning Rossiyaga qaram manqurt siyosiy elitasi ham, ruslarning bu iflos fitnalariga koʻmak koʻrsatib kelyapti, oʻz fuqorolari boʻlgan begunoh musulmonlarni yolgʻon tuhmatlar bilan qamab, ruslarni rozi qilish maqsadida Allohga osiy boʻlib borishayapti! Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hokimiyatidagi vaziyat ham deyarli xuddi shunday!