Turkiyzabon davlatlarning razvedka xizmati Bishkekda uchrashdi
Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida Turkiyzabon davlatlar razvedka xizmatining 21-konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Konferentsiya Turk Kengashi (2009 yil 3 noyabrda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, va Turkiya oʻrtasida imzolangan shartnoma asosida tuzilgan tashkilot) tomonidan tashkil qilindi.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi tarafidan berilgan bayonotga koʻra, Turkiyzabon davlatlarning razvedka xizmati konferentsiyasiga Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston razvedka xizmatining rahbarlari va vakillari shuningdek, boshqa mamlakatlardan kuzatuvchilar ishtirok etgan.
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining prezidenti Idris Kadirkulov boshchilik qilgan konferentsiyada Afgʻoniston, Suriya va Iroqda hududlarida yuz bergan soʻnggi qurolli mojarolar va hodisalar Turk Kengashiga aʼzo davlatlarning xavfsizlik vaziyatiga qanchalik taʼsir koʻrsatishi muhokama qilinganligi aytilmoqda. Ochilish nutqidan soʻng Afgʻoniston, Suriya va Iroqdagi soʻnggi voqealar haqida hisobot taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Konferentsiya yakunida aʼzo davlatlarning razvedka xizmati organlari oʻrtasida “terrorizm”ga qarshi kurash boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida chora-tadbirlar koʻrish va ushbu koʻrilgan chora-tadbirlar boʻyicha zaruriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.