Merkel Yevropa armiyasini tuzish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi

906
0

Merkel Yevropa armiyasini tuzish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makaron AQShdan mustaqil holda Yevropa ittifoqi armiyasini tashkil qilish gʻoyasini koʻtarib chiqishi ortidan Germaniya kantsleri Angela Merkel birinchilardan boʻlib bu gʻoyani maʼqulladi. Yevropa Ittifoqining birlashgan qoʻshinining tashkil etish ustida ishlashga chaqirgan Merkel bu borada tezkor, muhim qarorlar qabul qilish va loyihalar tayyorlash uchun Yevropa Xavfsizlik Kengashi tuzishni taklif qildi.

“Biz harbiy hamkorlikda katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Bu juda yaxshi va maʼqul ish. Biroq biz bugungi kunda haqiqiy Yevropa armiyasini yaratish boʻyicha ishlashimiz kerak”, dedi Merkel Strasburgdagi Yevropa parlamentining yigʻilishida.

 “Evropa bir boʻlsa, kuchli boʻladi va xalqaro maydonda ovozi yuksaladi”, deya qoʻshimcha qildi Germaniya kantsleri.

Merkel Yevropa Ittifoqi “oʻz taqdirini oʻzi hal qilishi” kerakligiga alohida urgʻu berdi. Uning aytishicha, tuzilajak Yevropa Ittifoqi qoʻshini dunyoga “Evropa davlatlari oʻrtasida yangi urush boshlanishi mumkin emasligini koʻrsatadi. U NATOga qarshi qoʻshin emas va Yevropa ittifoqi bilan NATO oʻrtasidagi anʼanaviy aloqalarga hech qanday shubha bilan qaramaydi.

Turkiston:

Bu gʻoyaning roʻyobga chiqishiga AQSh aslo izn bermaydi. Chunki Yevropa ittifoqining Voshingtondan mustaqil kuchga ega boʻlishi AQSh xavfsizligiga tahdid tugʻdiradi. Shuning uchun AQSh doimo Yevropa davlatlari oʻrtasida muvozanat saqlab kelishga qattiq ahamiyat qaratib keladi. Masalan aytish mumkinki, AQSh NATO ittifoqini Varshava shartnomasiga qarshi tuzgan edi. Ammo Varshava shartnomasi bekor boʻlganiga qaramay NATO hali hanuz saqlanib turibdi.

Bundan avval ham Frantsiya davlati Yevropa ittifoqini kuchaytirish va AQSh kabi buyuk davlatga aylantirish gʻoyasi bilan chiqqan edi. Buning uchun Frantsiya avvalombor NATOdan mustaqil tarzda Yevropa Ittifoqi qoʻshinini tashkil qilish gʻoyasini ilgari surgan edi. Oʻsha paytda ham bu gʻoyani birinchilardan boʻlib qoʻllab quvvatlagan Germaniya boʻldi. Undan soʻngra Britaniya ham bu fikrga qoʻshildi. Biroq bu davlatlar faqat oʻz manfaatlarini koʻzlovchi kapitalistik mabdaga ega davlatlar boʻlganligi sababli AQShga qarshi tura oladigan kuchli Yevropa Ittifoqini tashkil qila olmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.