BMT Yamandagi achinarli vaziyatni tilga oldi

1270
0

BMT Yamandagi achinarli vaziyatni tilga oldi

Yamanda Musulmonlarning ahvoli kundan kunga yomonlashib bormoqda. AQShning siyosiy manfaatlari uchun umumiy bir davlat shafqatsizlarcha yoʻq qilinmoqda. Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya amalga oshirgan bombardimon natijasida mamlakat infratuzilmasi butunlay vayron boʻlgan joylarda epidemik kasalliklar kuchaygan. Toza suvga erishish amri mahol.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF)ning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika boʻyicha direktori Xayrat Kalabari Iordaniya poytaxti Ammanda tashkil qilingan matbuot anjumanida soʻzlagan nutqida Yamandagi zoʻravonliklarni tan oldi. Kalabariga koʻra, mamlakatdagi sogʻliqni saqlash sharoitlari oʻta nochor ahvolda qolgan.

“Yaman bugun bolalar uchun jahannamga aylandi”, “Oldini olish mumkin boʻlgan kasalliklar tufayli Yamanda har 10 daqiqada bitta bola hayotdan koʻz yummoqda”, dedi Kalabari.

Kalabarining taʼkidlashicha, bu holat mamlakatning maʼlum bir qismini emas, balki barcha yamanlik bolalarni qamrab olgan. Shafqatsiz urush sababli 1,8 million bola hecham toʻyib ovqatlana olishmaydi. Bu bolalarning deyarli 400 ming nafari oʻlim yoqasida hayot kechirishmoqda.

“Har yili 5 yoshgacha boʻlgan 30 ming bola hayotdan koʻz yummoqda. Toʻyib ovqatlanmaslik muammosini hal qilish bilan bu bolalarning ochlikdan oʻlishlarini oldini olish mumkin”, dedi u.

Kalabari toʻyib ovqatlanmaslik tufayli oʻlim yoqasida yashayotgan bolalarning 40 foizi Saudiya boshchiligidagi koalitsiyaning doimiy bombalagan Hudaydah shahrida yashayotganligini maʼlum qildi.

Shuningdek Kalabari Yamanda urushayotgan tomonlarni insonparvarlik yordamini shartsiz ravishda yetkazib berishga va xalqni himoya qilishga chaqirdi.

Turkiston:

Yaman davlati shimoldan Saudiya mamlakati, janubdan Hind okeani bilan chegaradosh boʻlgan Arab oʻlkasidir. Uning geografik oʻrni har qanday mamlakat havas qilsa arzigulik qulay sharoitga mos makonda joylashgan. Dini Islom ekanligi bois, yon qoʻshnisi Saudlar uning dindosh birodarlari boʻlib, dunyoda eng toʻkin sochin yashaydigan boy mamlakatdir. Janubiy tomoni esa dunyo taransportining eng qulay va arzon aloqa vositasi boʻlgan Okean bilan oʻralgan. Bunday mamlakat faqir boʻlishi mumkin emas! Demak Yaman atayin tashqi kuchlar taʼsirida sunʼiy iqtisodiy qahatchilikka giriftor qilib borilyapti! 

Yaman davlati Saudlarning deyarli mustamlakasi ostida boʻlib, unga xalqaro siyosat yetakchilik qilayotgan AQShning manfaati va taʼsiri ostida bosim koʻrsatib keladi. AQShning ruxsati bilan uni bombardimon qilib, yuzlagan bolalar oʻlimiga sabab boʻldi! Lekin uning bu harakati AQSh bilan kelishilgan amaliyot boʻlgani bois, uni xalqaro tashkilotlar tezda  unitib yuborishdi. Hozirda Yaman iqtisodiy qamal qilinmoqda, balki atayin qandaydir kasalliklar tarqatuvchi qurollar yordamida (genotsid) qatliomm qilinyapti. Bu ishlarning ustida Saudlar qiroli Salmon ibn Abdul Aziz va uning qonxoʻr oʻgʻli Muhammad ibn Salmon turibdi! Ular Yamanni oʻz taʼsirlari ostida ushlab qolish maqsadida bu iflos qatliommni davom ettirib kelishyapti! Shu kungacha Yamanning ahvolidan, biror mamlakat yoki xalqaro hamjamiyat vakillari xabar olishmadi! Ularni bunday beparvolikka faqat AQSh majburlay oladi. Saudlarni esa AQSh jilovlab olish maqsadida Yamanni ularga qoʻyib berdi!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.