Jeffri: Istanbul sammitining natijalaridan juda mamnunmiz

445
0

Jeffri: Istanbul sammitining natijalaridan juda mamnunmiz

AQShning Suriya masalasi boʻyicha maxsus vakili Jeyms Jeffri Rossiya, Turkiya, Germaniya va Frantsiya rahbarlari tarafidan oʻtgan shanba kuni Istanbulda Suriya boʻyicha tashkil qilingan toʻrtlik sammitining natijalarini yuksak baholadi.

Jeffri Bryusselga tashrifi chogʻida jurnalistlarga bergan intervyusida ushbu sammit Suriya mojarosini tugatish yoʻlida “oldinga tashlangan muhim qadam” ekanligini taʼkidlar ekan, “Biz Istanbul sammitining natijalaridan juda xursandmiz”, dedi.

AQSh diplomati agar Amerika boʻlmaganda bu natijaga erishish mumkin boʻlmasligini qoʻshimcha qildi. Unga koʻra, Vashington u yerdagi ishtirokchilar bilan aloqada boʻlgan.

Ushbu sammitning yakuniy qoʻshma bayonotida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kantsleri Angela Merkel Suriya rejimini qoʻllab quvvatlashga, Suriya boʻylab oʻt ochishni toʻxtatishga, mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun harakat qilishga, 2018 yilning oxirigacha Suriyaning yangi konstitutsiyasini tayyorlash uchun komissiya tashkil qilishga va Suriya xalqiga yordamni koʻpaytirishga kelishib olgan edi.

Hizb ut-Tahrir Turkiya matbuot boʻlimining raisi Mahmud Qor Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan mezbonligida oʻtgan mazkur sammitni shunday baholaydi:

“Erdogʻanning daʼvatiga binoan Suriyadan 3500km uzoqlikdagi Putin, 4350km uzoqlikdagi Makron, 3740km uzoqlikdagi Merkel Istanbulga kelishdi. Sammitda nimalar muhokama qilinganligi muhim emas. Chunki bular Suriya masalasida qaror beradigan davlatlar emas. Asosiy qarorni Suriyadan 10 000 km uzoqlikdagi AQSh beradi. Xususan shuni aytib oʻtmoqchiman, Rossiya ham, Turkiya ham, Frantsiya ham, Germaniya ham AQShning ruxsati boʻlmasa, Suriya masalasida bir qadam ham tashlay olmaydi. Shu sababli men sammitdan kelib chiqqan boshqa bir masalaga diqqatingizni jalb qilmoqchiman, eʼtibor beryapsizmi, Musulmonlar ustidan urush yoki tinchlik haqida mustamlakachi kofir davlatlar qaror bermoqda va bu qarorlarni musulmonlarga tiqishtirmoqda. Xalqi musulmon boʻlgan davlalarning rahbarlari esa faqat kuzatib turishibdi. Bu qanday horlik. Bu nimadan darak beradi bilasizmi?! Bu musulmolar ustida bitta rahbarning yoʻqligidan darakdir. Ha, bizning Xalifamiz yoʻq. Shuning uchun Suriya Ummat tanasidagi qonli yara boʻlib qolmoqda. Shubhasiz Suriya inqilobi Haq bilan botil oʻrtasidagi kurashdir. Bu kurash asnosida bir qancha tuzoqlar qoʻyildi. Son-sanoqsiz uchrashuvlar, konferentsiyalar va sammitlar oʻtkazildi. Istambulda oʻtkazilgan ushbu sammit ham oʻsha tuzoqlardan biridir. Ammo Allohning yordami bilan ular maqsadaliriga aslo erisha olishmaydi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.