Jon bolton Rossiya rahbarlari bilan uchrashdi
AQSh va Rossiya Suriyadagi harbiy faoliyatlarining muvofiqligini yana ham kengaytirishga kelishib oldi. Bu haqida AQShning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvidan soʻng tashkil qilingan matbuot anjumanida maʼlum qildi. U ikki tomon oʻrtasidagi muloqotni kengaytirishga va boshqa masalalarni ham muhokama qilishga umidi bildirdi.
“Suriyadagi maxsus masalalar doirasida Rossiya va Amerika oʻrtasidagi amaliyotlarda muvofiqlikni kengaytirish va kuchaytirishga qaror qildik”, dedi Bolton.
Uning taʼkidlashicha, Suriyada muammosini bartaraf etish boʻyicha Rossiya-Amerika muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlangan. Suriyadagi harbiy operatsiyalarda ikki tomon oʻrtasida jiddiy hodisalardan va toʻqnashuvlardan saqlanish uchun Rossiya-Amerika mexanizmini kuchaytirish ustida ish olib borilmoqda.
Shuningdek Bolton Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan ham uchrashdi. Shoygu Moskva va Vashington juda koʻp masalalarni hal qilishi mumkinligini taʼkidladi. Unga koʻra, hatto juda kichik qadamlar ham ikki tomon oʻrtasidagi munosabatlarning foydasiga hal boʻladi va ular orasida qayta ishonch paydo qiladi.
“Umid qilamanki, bu (Boltonning Moskvaga tashrifi) Rossiya va AQSh oʻrtasidagi munosabatlarning barqarorligiga turtki boʻladi”, “Bu dunyoda koʻp masalalar borki, bu masalalar Rossiya va AQSh tomonidan birgalikda hal qilinishi mumkin”, dedi Shoygu.
AQShning Moskvadagi elchixonasiga koʻra, Jon Bolton bilan Nikolay Patrushev oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda esa, oʻrta va qisqa masofali raketalar shartnomasi, Suriya, Eron va Shimoliy Koreya masalasi va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha muzokaralar olib borilgan.