Tramp: Biz ibn Salmonsiz Isroilni himoya qila olmaymiz
AQSh prezidenti Donald Tramp Muhammad bin Salmonni maqtab, “Isroilni himoya qilish uchun AQShning undan boshqa hech kimi yoʻq”ligini ochiq maʼlum qildi.
Vashington Post gazetasiga 20 daqiqali intervьyu bergan AQSh prezidenti Oq uy maʼmuriyatidan hech kim saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining oʻldirilishida Saudiya Arabistonining Valiahd Shahzodasi Muhammad bin Salmonni ayblamasligini bildirdi. Tramp ibn Salmonni “oʻlkasini sadoqat bilan sevadigan, juda yaxshi boshqaruv qobiliyatiga ega, kuchli odam” deya sifatlar ekan, Saudiya rahbarligiga uning oʻrniga boshqa lider kelishini afzal koʻrmasligini maʼlum qildi.
Saudiya Arabistonining AQShdan qurol sotib olishini maqtab, neftь bahosi va Eronni “boshi berk koʻchaga” kirib qolaganligini qoʻshimcha qilgan Tramp, AQSh Isroilni himoya qilish uchun ibn Salmon hokimiyatda turishi zarurligiga eʼtibor qaratdi.
“U yerda Isroilni himoya qiladigan undan boshqa hech kimimiz yoʻq!”, deya alohida urgʻu berdi Tramp.
Shuningdek, Trampning taʼkidlashicha, agar AQSh Saudiya Arabistoniga qurol sotishni toʻxtatadigan boʻlsa, bundan Xitoy va Rossiya juda koʻp manfaatlarni qoʻlga kiritadi.
Jurnalistning oʻldirilishi masalasida Vashington maʼmuriyati Saudiya Arabistoniga sanktsiyalar joriy etishi yoki etmasligi haqida berilgan savolga Donald Tramp “bu borada bir narsa deyishlik uchun hali juda erta”, deya javob berdi.
Tramp Suxbat davomida koʻpincha AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarga (yaʼni, Saudiyadan AQShga oqib keladigan milliardlagan dollarlarga) va Salmonning ushbu munosabatlardagi rolining muhimligiga ishora qildi.