Putin Ukrainaga qarshi saktsiyalar kiritish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi

729
0

Putin Ukrainaga qarshi saktsiyalar kiritish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga nisbatan Kiyevning harakatlariga javoban maxsus iqtisodiy choralar haqida qarorni imzoladi. Bu haqida Kreml rasmiy saytiga asoslanib “Sputnik” xabar qilmoqda.

 Bu “Ukrainaning xalqaro huquqqa zid boʻlgan harakatlariga – Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan cheklovlar joriy etishi”ga javob boʻldi.

 Ukraina Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga oʻz sanktsiyalarini toʻxtatsa Rossiya maxsus iqtisodiy choralarni bekor qiladi, deyilgan qarorda.

 Iqtisodiy choralarni ishlab chiqish va ular taʼsiriga tushadigan shaxslar roʻyxatini tayyorlash toʻgʻrisida Hukumatga topshiriq berildi.

 Ukraina Rossiya kompaniya va fuqarolariga nisbatan sanktsiyalarni kiritdi va bu roʻyxatni doimiy ravishda toʻldirib bormoqda. Oxirgi marta bu sentyabrь oyida amalga oshirildi: bu cheklovlarga “RJD Logistika”, “Promkompleksplast” va “Gazgolьder” kompaniyalari tushdi.

 Bundan tashqari, avgustda Ukraina Yevropa ittifoqining Qrim koʻprigi qurilishi munosabati bilan 6 ta Rossiya kompaniyalari kirgan sanktsiya roʻyxatiga qoʻshildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.