Mogerini: YeI Markaziy Osiyoda Rossiya bilan raqobat qilmoqchi emas
Evropa ittifoqi Markaziy Osiyo respublikalari YeI bilan munosabatlarni rivojlantirib, shu bilan birga Rossiya bilan aloqalarni saqlab qolishida qarama-qarshiliklarni koʻrmaydi. Yevropaning “gegemonlik qilish” yoki bu mintaqada taʼsir doirasini boʻlib olish rejasi yoʻq, deb bayonot qildi chorshanba kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.
Mogerini bunday bayonot bilan Bryusselda oʻtkaziladigan va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ham delegatsiyalar ishtiroki kutilayotgan “Osiyo-Evropa” forumi arafasida chiqish qilgan.
“Markaziy Osiyo biz oxirgi ikki-uch yilda munosabatlarni kuchaytirgan mintaqalardan biridir. Bu ular boshqa tomonga qarashlari uchun qarshiliklar yoʻqligini anglatadi. Ular Xitoy bilan yaxshi munosabatlarda boʻlishi, Rossiya Federatsiyasi bilan yaxshi munosabatlarda boʻlishi va Yevropa ittifoqi bilan ham yaxshi munosabatlarda boʻlishlari mumkin”,- deb aytgan Mogerini Yevroparlamentdagi chiqishi vaqtida.
“Biz raqobat qilmaymiz, biz hamkorlik qilayotgan kuchmiz, lekin biz sifat nuqtai nazaridan, iqtisod nuqtai nazaridan, inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasida yaxshi takliflarni bera olamiz va ular bundan manfaatdor”, deb hisoblaydi Mogerini.
“Shu bois, fikrimcha, hech bir gegemonlik yoki taʼsir oʻtkazish rejasisiz, ammo koʻpqirrali munosabatlarni yanada kuchaytirish uchun, bu kabi maslakdosh-mamlakatar tarmogʻini kengaytirish uchun katta salohiyatga egamiz”, – deb xotima qilgan Yevropa diplomatiyasi rahbari.