Tramp Terrorizmga (Islomga) qarshi kurash boʻyicha yangi strategiyani tasdiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning terrorizmga (Islomga) qarshi kurash boʻyicha yangi milliy strategiyasini tasdiqladi. Trampning taʼkidlashicha, uning yetakchiligida AQSh maʼmuriyati terrorizmga (Islomga) qarshi kurashni ancha kuchaytirgan.
Trampning Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton ham AQShning yangi strategiyasi boʻyicha Oq uyda matbuot anjumani oʻtkazdi. Anjumanda Bolton AQSh qarshisida turgan asosiy xatar Islom ekanligini ochiq bayon qildi.
“Islomiy ekstremistik, terroristik guruhlar AQShga va uning tashqarisidagi manfaatlariga tahdid solmoqda”, deb taʼkidladi Bolton anjumanida chogʻida.
“Qarshimizda turgan terrorizm gʻoyasini bilamiz va prezidentimiz ham biz duch kelayotgan mafkuraviy xavf-xatarni anglamay, terrorizm bilan kurasha olmasligimizni bilib turibdi”, deya qoʻshimcha qildi Bolton.
Bolton Qoʻshma Shtatlar xavf deb hisoblagan mafkurani izohlar ekan, “Biz barcha xavf-xatarlarni oʻz ichiga olgan mafkuraga qaraymiz. Biz faqat sunniy mafkuraga emas, balki 1979 yil Eron Islom inqilobidan taʼsirlangan mafkuraga ham qaraymiz”, deya urgʻu berdi.
Bolton soʻzini shunday davom ettirdi: “Yangi strategiya oldingilariga qaraganda kengroq boʻladi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oldida turgan terrorizmga qarshi kurash uchun harbiy va noharbiy vositalarni jamlaydi”, “Vashington terrorizmga qarshi kurashga nisbatan xorijiy hukumatlar bilan hamkorlik qiladi va ularni “bu yukni taqsimlab olish”ga undaydi”.
AQShning terrorizmga qarshi kurash boʻycha eng soʻnggi milliy strategiyasi 2011 yilda sobiq prezident Barak Obama davrida tayyorlangan edi. Tramp tasdiqlagan hisobotda esa, xususan, oltita moddaga eʼtibor qaratilgan. Ular: Terrorchilarning gʻoyaviy manbalarini aniqlash, terrorchilarni ularga koʻmak berayotgan manbadan uzoqlashtirish, AQShning terrorizmga qarshi kurash vositalarini modernizatsiyalash, Amerika infratuzilmasini himoya qilish va rivojlanishini taʼminlash, radikallashuvning oldini olish va terrorchi guruhlarga qoʻshilishga toʻsqinlik qilish, xalqaro hamkorlar bilan terrorizmga qarshi kurashda mushtarak nuqtalarni koʻpaytirishdan iboratdir.