Xitoy AQSh vitse-prezidentini tuhmatda aybladi

478
0

Xitoy AQSh vitse-prezidentini tuhmatda aybladi

  AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning Xitoyning amerika saylovlariga aralashuvi toʻgʻrisidagi, asossiz bayonoti, tuhmatga toʻla, Pekin bunga nisbatan keskin eʼtiroz bildiradi, deb bayonot berdi Xitoy TIV vakili Xua Chunьin. Bu haqida “Sputnik” xabar qilmoqda.

 “Pensning tegishli nutqi Xitoy tashqi va ichki siyosatiga doir tuhmatlarga toʻlgan, Xitoyning AQSh sayloviga aralashuvi haqidagi bayonoti toʻliq tuhmat, ular uyushtirilgan va barchani chalgʻitadi, Xitoy ushbu munosabat bilan keskin norozilik bildiradi”, – degan diplomat.

 “Xitoy hamisha boshqa davlatlar ichki siyosatiga aralashmaslik tamoyiliga amal qilib kelgan, AQSh saylovlariga aralashishga hatto qiziqish yoʻq bizda”, – deb qayd etgan Xua Chunьin. Amaldor ayolning soʻzlariga koʻra, “xalqa hamjamiyat kim boshqa davlatlarning ichki ishlariga tap tortmasdan aralashayotgani va boshqa davlatlar manfaatlariga ziyon yetkazayotganini aniq koʻrib boʻldi”.

 Diplomat, Xitoyning AQShga nisbatan siyosati aniq va oʻzgarmasligini qayd etdi.

 “Biz oʻzaro hurmatga asoslangan, konfrontatsiyadan yiroq, oʻzaro manfaatli hamkorlikka yetishish uchun birgalikda harakat qilish tarafdorimiz”, – deb aytgan diplomat va Vashingtonni “oʻz xatosini toʻgʻirlashga, XXR nomiga ayblovlar yogʻdirishni toʻxtatishga, ikkiyoqlama munosabatlarga putur yetkazini bas qilishga chaqirgan”.

 AQSh vitse-prezidenti Pens Xitoy mamlakat ichki ishlariga aralashayotgani va buning uchun goʻyoki siyosiy, iqtisodiy va harbiy instrumentlardan foydalanayotgani haqida bayonot bergan edi.

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp ham sal oldin shunga oʻxshash bayonot bilan chaqqan va Xitoy Qoʻshma Shtatlardagi saylovlarga aralashishga harakat qilayotganini aytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.