Trampning “Sogʻin sigir” nazariyasi “ish” bermoqdami?

920
0

Trampning “Sogʻin sigir” nazariyasi “ish” bermoqdami?

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Saudiyani himoya qilayotganligini va buning evaziga hech narsa ololmayotganilini daʼvo qildi. Uning taʼkidlashicha, bu haqida u Saudiya qiroli Salmon bin Abdulazizga ochiq aytgan.

“Men Saudiya Arabistonini yaxshi koʻraman. Bugun ertalab qirol Salmon bilan uzoq suhbatlashdik. Men unga sening trillionlagan dollarlaring bor. Agar mamlakat hujumga uchrasa, nimalar boʻlishini yolgʻiz Xudo biladi, dedim”, dedi Tramp Virjiniya shtatida soʻzlagan nutqida.

Tramp yana shunday dedi: “Men unga, Ey qirol, sen ehtimol oʻz samolyotingni ham saqlab qola olmasliging mumkin, chunki Saudiya Arabistoni hujumga uchraydi. Lekin sening xavfsizliging bizga bogʻliq, ammo biz buning evaziga olishimiz kerak boʻlgan haqqimizni ololmayapmiz, dedim”.

“Biz ularning qoʻshinlarini qoʻllab-quvvatlayapmiz. Shunday savol tugʻiladi: Nima uchun bu boy mamlakatlarning qoʻshinlarini qoʻllab-quvvatlayapmiz? Mushkul vaziyatga yashayotgan mamlakatlarga yordam taklif qilinsa, bu boshqa gap. Lekin biz Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi boy davlatlarning qoʻshinlarini nega qoʻllab quvvatlayapmiz? Chunki ular toʻlab qoʻyishyapti. Muammo, hech kim oldin buni talab qilmaganligida” deya qoʻshimcha qildi u.

Tramp Oʻsha kunning oʻzida Missisipi shtatidagi mitingda agar AQShning qoʻllab-quvvatlovi boʻlmasa, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ikki hafta ham iqtidorda turishga dosh bera olmasligini olgʻa surdi.

“Saudiya Arabistonini Biz himoya qilmoqdamiz. Ular boy ekanini aytishingiz mumkin, men qirol Salmonni yaxshi koʻraman. Ammo Salmonga, sizni biz himoya qilyapmiz. Biz boʻlmasak, siz u yerda (taxtingizda) ikki hafta ham tura olmaysiz. Shuning uchun harbiy xarajatlar uchun bizga pul toʻlashingiz kerak, dedim”, deya qayd etdi Tramp.

AQSh prezidenti ushbu bayonotlardan bir necha kun oldin Riyozni harbiy xarajatlarni oshirishga chaqirgan edi.

Turkiston:

Saudiya rahbarlari, boshqa musulmon oʻlkalarining rahbarlari singari Allohning

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar.” degan oyatiga ishonishmadi. Endi ularni horlash oshkor va namoishkorona olib borilyapti! Kufr oʻz gʻalabasi bilan gʻururlanib dunyoga jar solyapti! Ularning gʻalabasi shundaki, Musulmon oʻlkalardagi mamlakatlar bir biridan yoki musulmon jamoalardan xavotirlanib, kofirdan himoya soʻrashmoqda. Endi shu himoya uchun kofirlarga haq toʻlaydigan boʻlishdi! Bu holat kufr olamining gʻalabasi, Islom va Musulmonlarning horlanishi sifatida baholanadi.

Tramp oʻziga yuklatilgan olamiy sistemaga oʻzgartirish kiritish missiyasini olib boryapti. AQSh uchun dunyo yetakchiligini talashuvchi mamlakat deyarli qolmadi. Shuning uchun u endi dunyo yetakchiligini oʻz qoʻlida saqlab turish uchun zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatlaridan birin-ketin bosh tortib boryapti. Endi, hatto zayif davlatlarni sunʼiy paydo qilingan xavf xatarlardan himoya qilayotgani uchun ham ulardan haq talab qila boshladi. Bu talab, urush boʻlayotgan holatda qoʻyilgan taklif boʻlganida, harbiy ittifoqchi, yordamchi yoki hamkor deb ifodalanishi mumkin boʻlar edi. Lekin tinchlik holatida fovqulodda boʻlishi mumkin boʻlgan, ammo hozirda yoʻq harbiy tahdid uchun haq talab qilishni faqat toʻnovchilik, zoʻrovonchilik (xalqaro reket) deb izohlash mumkin. Chunki dunyoning har bir joyida turgan AQShning harbiy bazalari, faqat oʻzining manfaatlari, olamiy yetakchiligining kafolati uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda turgan harbiy bazalari uchun u oʻsha mamlakatlarga moliyaviy va boshqa moddiy yordam koʻrsatib kelar edi. Sunʼiy xavf xatarlar esa, mamlakatga kufr bazalarini joylashtirishga ruxsat bergan xoin hokimlarni fuqorolaridan himoya qilish uchun olib borilgan matbuot piyarlari edi. Endi Tramp hokimlarga “oʻzlaringni oʻzinglar himoya qilib olinglar” demoqchi boʻlyapti. Demak AQSh bir oʻq bilan ikki quyonni urmoqchi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.