Tramp va Makron oʻzaro ixtiloflarni yengillashtirishga intilmoqda

857
0

Tramp va Makron oʻzaro ixtiloflarni yengillashtirishga intilmoqda

Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron va AQSh prezidenti Donald Tramp Nьyu-Yorkda ikkala mamlakat oʻrtasida tortishuvlarga sabab boʻlgan masalalarni muhokama qildilar. Bu haqida Yelisey saroyi maʼlum qildi.

Xuddi shu manbaning maʼlum qilishicha, Makron va Tramp BMT Bosh Assambleyasida xalqaro muhim masalalarni, shu jumladan, Suriya va Eron masalasini, shuningdek oʻzaro savdo masalalarini muhokama qilgan. Oʻzaro suhbat bir soatga yaqin davom etgani aytilmoqda

“Biz (Makron bilan) juda yaxshi suhbatlashdik, baʼzida unchalikmas, ammo suhbatimiz 99 foizga yaxshi oʻtdi”, dedi Tramp, Manxetten mehmonxonasidagi uchrashuvning avvalida.

Ikki prezident AQSh vitse-prezidenti Mayk Bens va ikki davlat tashqi ishlar vazirlari ishtirokida kameralar qarshisida qoʻl siqishdi, lekin avvalgi yigʻilishlarda namoyon boʻlgan gʻayrat bu gal namoyon boʻlmadi.

“Biz bu yerga natijalarga yerishish uchun keldik,” dedi Makron.

Oq Uyning maʼlum qilishicha, ikki davlat rahbari asosiy masalalarda yaqindan hamkorlik qilish majburiyatini yana bir bor tasdiqlagan.

Frantsiya prezidentiga yaqin manbalar  “Vashington va Parij oʻrtasida ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar mavjud”, “Biroq bular maqsadlardan koʻra, koʻproq muolaja va uslublarga oiddir” – deydi.

Ushbu manbalarning taʼkidlashicha, oʻtgan yilga nisbatan qarama-qarshilikka sabab boʻladigan yangi muammolar mavjud emas.

Tramp birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligini nishonlash uchun 11 noyabrь kuni Frantsiyaga tashrif buyurishga qiziqishi borligini bildirgan. Ushbu tadbirga 100ga yaqin davlatlar rahbarlari taklif qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.