Jeenbekov: “Qarindoshlarim” koʻpayib ketdi

653
0

Jeenbekov: “Qarindoshlarim” koʻpayib ketdi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov oxirgi vaqtlarda soni koʻpayib ketgan “qarindoshlar”ni qamash vaqti kelganini aytdi, deb xabar qildi “Sputnik” Qirgʻiziston nashri.

 Qirgʻiziston rahbarining soʻzlariga koʻra, u mamlakatga rahbar boʻlganidan beri “qarindoshlari” va “doʻstlari” soni koʻpayib qolgan.

 Sal oldin Qirgʻiziston prezidenti matbuot-xizmati Jeenbekov 20 sentyabr kuni Chuy viloyatining Kemin tumaniga tashrif uyushtirgani va u yerda mahalliy aholi bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

 Qirgʻiziston prezidenti oʻz nutqid davomida, xususan, qarindoshlarining davlat ishlariga aralashishiga yoʻl qoʻymasligi haqida aytib, ishontirgan.

 “Aytishlaricha, Jeenbekov Bakiyevday boʻlibdimish, goʻyo mening ham qarindoshlarim hokimiyat tepasiga kelishgani haqida gap-soʻzlar yuribdi. Men sizlarga aytib qoʻyay, qarindoshlarimni oʻz ishlarimga aralashtirishga odatlanmaganman. Mening bosh maqsadim – tinchgina ishlash va muddatim tugashi bilan hokimiyatni topshirish. Shuningdek, men mutlaqo tanimaydigan “qarindoshlarim” va “doʻstlarim” ham paydo boʻlibdi. Ular vrach qabuliga tezroq kirish yoki allaqanday mansabni egallamoqchi boʻlganlarida mening ismimni aytayotgan ekan. Men, ularni tezroq qamoqqa olishlarini talab qilaman”, – deb qayd etgan prezident.

 Jeenbekov shuningdek, oʻgʻli hech qachon Maksim Bakiyevga oʻxshamasligini, bugungi kunda u endi toʻrtinchi sinfga oʻtganini qoʻshimcha qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.