Rossiya “Iskander-M” Ballistik raketalarini Markaziy Osiyoga yubordi

708
0

Rossiya “Iskander-M” Ballistik raketalarini Markaziy Osiyoga yubordi

Rossiya hukumati Urals viloyatidan Qirgʻizistonga “Iskander-M” taktik raketalar majmualari yuborildi. Birinchi marotaba yuborilayotgan bu majmualar ikki mamlakat oʻrtasida terrorizmga (Islomga) qarshi kurash yoʻlida oʻtkazilayotgan harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etishi uchun yuborilganligi daʼvo qilinmoqda.

“RIA Novosti” axborot agentligi Rossiya qoʻshinidagi harbiy manbaga tayanib xabar qilishicha, bu mashgʻulot “togʻlarda yashirinib olgan”, deya faraz qilingan qurolli terrorchilarga qarshi raketa otish mashqlarini ham oʻz ichiga oladi.

Bu harbiy mashgʻulotga Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) davlatlarining baʼzilari ishtirok etadi. Mashgʻulot 24 va 26 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi va Rossiyaning 1000 nafar harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

“Iskander-M” taktik raketa majmuasi – yaqin masofadan turib foydalanish uchun optimallashtirilgan yuqori aniqlikdagi ballistik tizimdir. U inshootlarni, havo mudofaa markazlarini, anti-raketa mudofaa tizimlarini, infratuzilmalarni va bulardan boshqa dushmanga qarashli deya taxmin etilgan markazlarni vayron qilish xususiyatiga ega. Radar uni aniqlashi juda qiyindir. Turli oʻq-dorilar bilan yana ham kuchaytirish mumkin boʻlgan “Aleksandr” taktik raketa majmuasi dushman kemalariga yetib borishi uchun sohilga oʻrnatiladi. U 650 km masofa uzoqlikdan dushman kemalarini nishonga olish qudratiga ega.

 Turkiston:

Qirgʻiziston xalqaro kuchlar uchun Markaziy Osiyoga tahdid solish hamda bir birlari bilan harbiy toʻqnashuv olib borish markaziga aylanib boryapti. Uning Xalqaro siyosatda yirik davlatlar oʻrtasidagi nizolar markaziga aylanib qolish va ularni bir biriga qarshi moddiy va harbiy harakatlari uchun poligon boʻlib qolish ehtimoli borgan sari kuchayib boryapti. AQSh Avgʻoniston tomondan harbiy quvvatini oshirib kelayotgan boʻlsa, Xitoy harbiy texnikalar taklif qilib Qirgʻiz armiyasini oʻzining harbiy texnikalari bilan modernizatsiyalamoqchi boʻlayapti. Bularga qarshi Rossiya ham oʻzining harbiy quvvati bilan ishtirok etishni kuchaytirishga qaror qildi. Bu har tomondan borayotgan harbiy ekspantsiyalarning oqibati kimgadir manfaat olib kelsa ham, Qirgʻiziston uchun oʻta fojiali boʻlishi mumkin!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.