Qirgʻizistonga Rossiyaning 50ga yaqin harbiy texnikasi keltirildi
MDH davlatlari harbiy kuchlarining “Issiqkoʻl -Antiterror-2018” mashgʻulotlarida qatnashish uchun Markaziy harbiy okrug 41-umumqoʻshin armiyasi togʻ-motooʻqchi brigadasining 50ga yaqin harbiy texnikasi Tuvadan Qirgʻizistonga keltirildi.
“Issiqkoʻl -Antiterror-2018” xalqaro mashgʻulotlarida Markaziy harbiy okrugning “Nona-SVK” oʻziyurar artilleriya qurilmalari, “Tigr” zirhli avtomobillari, “Ural” va KamAZ yuk mashinalari ishtirok etadi. Harbiy texnikadan shartli dushmanni yoʻq qilish boʻyicha harakatlarda foydalaniladi.
Bundan tashqari, Rossiya harbiylari birinchi marta “Iskandar-M” tezkor-taktik raketa majmualarini ham Qirgʻizistonga koʻchirib oʻtkazdi.
Xabar qilinishicha, oktyabrь oʻrtalarida Qirgʻizistonda yana bir – “Oʻzaro hamkorlik–2018” harbiy-oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtadi. Unda KXShT tezkor harakatlanish kollektiv kuchlari qoʻmondonligi va qoʻshinlari ishtirok etadi.