Tramp AQSh tarixidagi katta xatoni eʼlon qildi

612
0

Tramp AQSh tarixidagi katta xatoni eʼlon qildi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp “The Hill” telekanaliga bergan intervьyusida “Amerikaning tarixidagi eng katta xato” haqida gapirdi. Uning maʼlum qilishicha, 2000-yillarda Jorj Bush rahbarligi ostida AQSh kuchlarini Yaqin Sharqqa kiritish AQSh hukumati tomonidan sodir etilgan “eng katta xato” boʻlgan. Tramp Bush maʼmuriyatining bu qarori AQShga 7 trillion dollarga tushganini va buning oqibatida “millionlab” insonlar hayoti barbod boʻlganini taʼkidladi.

“Mamlakatimiz tarixida sodir etilgan eng katta xato Prezident Bush davrida Yaqin Sharqqa qoʻshin joʻnatish boʻldi. Garchi Barak Obama 2011 yilda AQSh qoʻshinlarini u yerdan olib chiqib ketish toʻgʻrisida qaror qabul qilish bilan xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa-da, ammo mening fikrimcha, AQSh kuchlarining u yerga kirishi mamlakatimiz tarixida eng katta xato edi. Chunki Yaqin Sharqdagi harakatlarimiz bizga 7 trillion dollarga tushdi”, dedi Tramp.

Alloh Taolo Oʻzining kalomida bu haqida naqadar rost soʻzladi:

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُوا إِلَى جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ

“Albatta, kofir boʻlgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflaydilar-u, soʻngra oʻsha (mollari) oʻzlariga hasrat boʻlur, soʻngra magʻlub boʻlurlar”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.