MDH mamlakatlari Bosh prokurorlari Dushanbeda yigʻiladi
Tojikiston poytaxti Dushanbeda 20 sentyabr kuni MDHga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining majlisi boʻlib oʻtadi. Bu haqida “Asia-Plus” xabar bermoqda.
Uchrashuv kun tartibi loyihasida 17 ta punkt oʻrin olgan.
Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari prokurorlik faoliyatining turli sohalaridagi tajribalar bilan boʻlishadi, 2017 yildagi jinoyatchilik, terrorizm, narkotiklar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, tashqi chegaralarda chegaralar xavfsizligini mustahkamlash borasida qoʻshma hamkorlik dasturlarining bajarilishi yuzasidan natijalarni koʻrib chiqmoqchi.
Bundan tashqari, kengash aʼzolari korruptsiyaga qarshi kurashish, oʻz davlatidan tashqarida boʻlgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish, xalqaro kelishuvlarning ijro etilishi boʻyicha hamkorlikni takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi, Bosh prokurorlar muvofiqlashtiruvchi kengashining 2019-2023 yillar uchun ish rejasini tasdiqlaydi.