Amerikaning terrorizmga (Islomga) qarshi yangi strategiyasi

473
0

Amerikaning terrorizmga (Islomga) qarshi yangi strategiyasi

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilьsen AQSh maʼmuriyati terrorizmga (Islomga) qarshi kurash uchun yangi strategiya tayyorlayotganligini eʼlon qildi. Bu strategiya geografik chegaralarni inobatga olmagan holda har bir zamonda va har bir joyda “terrorchilar”ni taʼqib qilishga imkon beradi.

“Juda yaqin orada Oq Uy terrorizmga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash uchun yangi va kuchli strategiya ishlab chiqadi. Bu esa, dushmanlarimiz uchun ogohlantirish boʻladi va ular ustidan gʻolib boʻlishimiz uchun yoʻl ochib beradi”, dedi AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jorj Vashington universitetida soʻzlagan nutqida.

Uning soʻzlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarining dushmanlari faqat “terrorchilar” emas, balki “terrorchilar” kabi noqonuniy guruhlar yaratish uchun ayni muhitdan foydalanadigan jinoyatchilar ham mavjud.

Nilьsenning taʼkidlashicha, “terrorchilar” va jinoyatchilar muayyan geografik mintaqalarga hukmron boʻlgan davr oʻtmishga aylangan. Shuning uchun – deydi u, – endigi masala, ular qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, ularga qarshi doimiy kurash haqida boʻladi.

“Dushmanlarimiz chegaralarni hurmat qilmaydi. Ularning tahdidlari bugungi kunda butun dunyoda mavjud, muayyan geografik mintaqalarga cheklangan emas. Biz ham xuddi shunday yoʻl tutishimiz kerak”, deya soʻzlariga xotima yasadi Nilьsen.

Turkiston:

AQSh oʻzining xarbiy bosqinchiligi uchun dunyo chegaralarini olib tashlamoqchi. U avval xam dunyo chegaralarini tal olgan emas. AQSh fuqorolari dunyoning juda koʻp mamlakatlariga vizasiz kirib-chiqib yuraveradi. Demakki, AQSh aygʻoqchilari uchun xam dunyo davlatlarining deyarli barcha eshiklari ochiq boʻlgan. Endi dunyoning xar joyida ochiq, rasmiy xarbiy xarakat olib borish imkoniyatini qonuniylashtirib olmoqchi. Xalqaro qonun esa uning manfaatiga mutanosib tarzda, zaif davlatlarni xarbiy mustamlaka qilish imkoniyatlarini kengaytirib beradi. Yaʼni AQSh biror davlatda dastlab oʻzi uchun siyosiy, iqtisodiy yoki strotegik manfaatini belgilaydi. Soʻng oʻsha mamlakatda sunʼiy terrorizm xavfini paydo qiladi. Keyin esa, u mintaqa ichki ishlariga aralashish imkoniyatini ishga solib, kerak boʻlsa xarbiy yoʻl bilan bosib olishi xam mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.