Xitoy harbiy delegatsiyasi Qirgʻizistonga keldi
Qirgʻizistonga Xitoy Markaziy harbiy kengashi boshligʻining oʻrinbosari Syuy Tsilan boshchiligida harbiy delegatsiya keldi. Bu haqida Bosh shtab xabar qildi.
Uchrashuv yopiq eshiklar ortida oʻtib, tomonlar harbiy va texnik hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Xabar qilinishicha, Xitoy harbiy qurol-yaroq va texnikalarni Bosh shtabga grant asosida beradi. Shuningdek, harbiy uy-joylarni qurish uchun moddiy va texnik yordam beriladi. Hozircha beriladigan mablagʻ miqdori maʼlum emas.
Turkiston:
Xitoyning bu galgi hatti harakati mustamlakachi davlatning muomalasi boʻlib, u goʻyoki bizni ichki muhitimizdagi aloqalar va har bir tarmoqdan oʻzini javobgardek koʻrsatyapti. Qirgʻiz hukumati esa oʻzini Xitoyga tobe boʻlgan zaif va taʼmagir ekanini izhor qilib, ularga kulluq qilishyapti. Ular oldida oʻzini oʻta past tutib, soʻragan har bir talabini prezident va hukumat miqyosida bajarishyapti, ularga sharoitlar yaratib berishyapti. Ogoh boʻlaylik Xitoy Qirgʻiziston tomon kengayish maqsadida ochiq va ildam qadamlar tashlay boshladi. Qirgʻiz hokimiyati esa, bila turib unga barcha eshiklarini ochib beryapti. Musulmon boʻla turib bu dahriylar madadi bilan Islom va musulmonlarga qarshi kurashda ular bilan hamkorlik qilishar emish. Bu dahriylikning oʻzi emasmi!