AQSh va Oʻzbekiston munosabatlari tobora kuchayib bormoqda

1096
0

AQSh va Oʻzbekiston munosabatlari tobora kuchayib bormoqda

“Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasidagi munosabatlar Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida yangi bosqichga oʻtdi”, deya maʼlum qildi AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi Heather Nauyert.

Nauyertning taʼkidlashicha,  Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilib bormoqda va bu nuqtada Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtkazayotgan islohotlar muhim ahamiyatga ega.

Heather Nauyert oʻz bayonotida AQShning nodavlat tashkilotlariga 15 yil ortidan birinchi marta Oʻzbekistonda faoliyat qilish uchun ruxsat berilganligini ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning yuksalib borayotganiga misol qilib keltirdi. Nauyertning bildirishicha taʼlim tizimi boʻyicha AQShning “Councils” nomli nodavlat tashkilotiga Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlash uchun izn berilgan.

Turkiston:

Oʻzbekiston strotegik nuqtada joylashgani va mintaqada koʻplab tabiiy boylik-resurslarga boyligi hamda Islom diniga qattiq eʼtiqod qiladigan aholisi borligi bilan Oʻrta Osiyoning boshqa davlatlaridan ajralib turadi.

Oʻzbekistonda Karimov rejimi zamonida Islomga qarshi “qattiqqoʻllik” siyosati yurgʻizildi. Yaʼni oʻz eʼtiqodida mustahkam turgan insonlar taʼqibga uchradi, yoppasiga qamaldi, qatagʻon va qatl qilindi. Soqol qoʻygan erkaklar taʼqibga uchradi, hijoblangan muslimalar esa tahqirlandi, hatto masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar bilan baland ovozda aytish ham taqiqlandi.

Amerikaning Islom va musulmonlarga qarshi siyosati esa bundan biroz farq qiladi. U “qattiqqoʻllik” siyosatini qoʻllash oʻrniga, koʻproq makr-hiyla, aldash va adashtirish uslublariga tayanadi. Moʻʼtadil Islom, demokratik Islom, ilmoniy Islom tarafdorlarini vujudga keltirish bilan makkorona kurash olib boradi. Tashqi koʻrinishi Islomiy boʻlgan, diniy koʻrinishlarni yoqlaydigan, masjidlarni ochib beradigan, erkaklarga soqol qoʻyib, ayollarga hijob kiyib yurishga ruxsat beradigan ilmoniy “Turkiya modeli”dagi kabi Islomga keng imkoniyatlar yaratadi. Lekin Amerika aslida bu bilan Islomning poydevori boʻlmish “La iloha illalloh, Muhammadur rasululloh” tushunchasiga qattiq zarba berishni maqsad qiladi. Shuning uchun musulmonlar Amerika tarafidan yaratilayotgan bunday arzon-garov demokratik Islom, ilmoniy Islom, moʻʼtadil Islom makriga aslo aldanmasligi va har bir vaziyatga “La iloha illalloh, Muhammadur rasululloh” burchagidan turib baho berishlari lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.