AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning birinchi qismini eʼlon qildi
AQSh tomonidan “Skripal ishi” tufayli Rossiyaga qarshi kiritilayotgan sanktsiyalar kreditlash va qator tovarlar eksportini qamrab olgan, deyiladi AQSh hukumati eʼlon qilgan rasmiy hujjatda.
Kutilishicha, sanktsiyalar 27 avgust dushanba kuni eʼlon qilinadi va kuchga kiradi.
Sanktsiyalar toʻplamida koʻzda tutilgan choralardan biri AQSh davlat tuzilmalariga Rossiyaga “shoshilinch gumanitar yordam, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari”dan tashqari har qanday yordam koʻrsatishni, xususan, kredit berish va moliyaviy yordamlarni cheklaydi.
Bundan tashqari, Vashington endilikda Rossiyaga qurol va ikkilamchi xom-ashyo tovarlarini sotmaydi. Kosmosda hamkorlik bundan mustasno. Ushbu sohada birgalikda hamkorlik qilish uchun litsenziya har bir holat uchun alohida koʻrib chiqilib beriladi.
Shuningdek, sanktsiyalar paketiga koʻra, Rossiyaga milliy xavfsizlik bilan bogʻliq tovar va texnologiyalar eksporti cheklanadi.
Ushbu sanktsiyalarni qoʻllashga asos sifatida AQSh Davlat departamenti tomonidan Rossiya oʻz fuqarolariga qarshi xalqaro huquqni poymol qilgan holda kimyoviy quroldan foydalangani holati aniqlanganligi keltirilgan.
Sanktsiyalarning bundan-da keskin boʻlishi kutilayotgan ikkinchi paketi noyabr oyida kiritilishi mumkin. Taxmin qilinishicha, undagi cheklovlar rossiyalik yuridik shaxslarni kreditlash, tovarlar ekport-importini qamrab oladi.