AQSh: Suriya masalasi faqat Jenevada hal boʻladi

755
0

AQSh: Suriya masalasi faqat Jenevada hal boʻladi

AQSh davlat departamentining matbuot kotibi Xizer Nauyert, bugungi matbuot anjumanida, Suriya masalasi faqat Jeneva muzokaralari bilangina hal qilinishini taʼkidladi.

“Hech narsa Jenevaning oʻrnini bosa olmaydi. Bu biz uchun Jeneva jarayoniga bogʻliklikni tasdiqlash uchun bir misol va sababdir. Biz Jeneva jarayonini, Suriya mojarosining uzoq muddatli siyosiy yechimiga olib boradigan yagona amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yoʻl sifatida koʻramiz”, dedi Nauyert.

Nauyertning bildirishicha, AQSh maʼmuriyati BMTning Suriya masalasi boʻyicha maxsus vakili Steffan de Misturaning harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. U AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bugun Mistura bilan uchrashganligini ham qoʻshimcha qildi.

Aslida Ostona va Sochi muzokaralari ham AQSh tomonidan olgʻa surilayotgan “Jeneva muzokaralari” uchun zamin tayyorlashdir. Ostona muzokalarida asosiy rolni oʻynayotgan uch davlatdan biri Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Feridun Sinirliogʻlu 2018 boshida bergan bayonotida, BMT rahnamoligidagi Jeneva jarayoni Suriyadagi inqirozga doimiy siyosiy yechim topish markazi ekanligini, Ostona va Sochi muzokaralari esa Jeneva jarayonini qoʻllab-quvvatlash va toʻldirish platformalari ekanligini taʼkidlagan edi. Ushbu masala boʻyicha Rossiya ham xuddi shunday fikr bildirib, Jenevaga ishora qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.