AQSh Shimoliy Atlantika okrugida Rossiyaga qarshi tayyorgarlik koʻrmoqda
AQSh floti qoʻmondoni Jon Richardson Amerika Qoʻshma Shtatlarining sharqiy sohilida va Shimoliy Atlantikada kuchayib borayotgan Rossiya harbiy faoliyatiga qarshi turish uchun dengiz flotida tayyorgarlik koʻrilayotganligini maʼlum qildi.
“National Interest” gazetasining amerikalik admiralga tayanib xabar qilishicha, hozirgi paytda Rossiya dengiz osti faoliyati Shimoliy Atlantika mintaqasida soʻnggi 25 yil davomida oʻz choʻqqisiga yetgan.
Gazetaning yozishicha, Admiral Richardson birinchi kundan boshlab “jangga tayyorgarlik” harakatiga oid AQSh dengiz kuchlariga qoʻmondon etib tayinlangan.
Richardson bundan avval AQSh dengiz kuchlarining aʼzolari soʻnggi yillarda Rossiyaning kiber urushda qudrati ortib borayotganiga duch kelayotganini bildirgan edi.
Admiral “Amerika Ovozi” Radiosiga bergan bayonotida Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyaning tahdidlarga qarshi kurashish uchun zarur boʻlgan narsalarni belgilab olishi kerakligini taʼkidladi.
“Bu halok qiluvchi texnologiya. Amalda kelajak janglarda muhim rol oʻynaydi. Biz albatta, bu sohada ham samarani qoʻlga kiritishimizga amin boʻlishimiz kerak”, dedi admiral.
Admiralning taʼkidlashicha, rus rejimlarining kiber hujumiga qarshi turish AQSh dengiz kuchlari uchun yangi muammo sanaladi.
“National Interest” gazetasiga koʻra, AQSh dengiz floti rahbariyati oʻtgan may oyida yangi flotni tashkil qilishini eʼlon qilgan. Uning asosiy vazifasi Moskvaning Vashington ittifoqchilari hisobiga kengayish ambitsiyasiga qarshi turishdir.