Rossiya terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda ASEAN davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi
Rossiya hukumati terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN) bilan hamkorlikni kuchaytirishga tayyordir. Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Singapurda tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasining yigʻilishida qilgan maʼruzasida maʼlum qildi.
“2016 yil may oyida boʻlib oʻtgan Sochi sammiti qarorlariga muvofiq Rossiya va ASEAN davlatlari oʻrtasida strotegik harakatlarimizni bilashtirish uchun tayyormiz. ASEAN davlatlari bilan barcha sohalarda, shu jumladan terrorizm va terrorchilarni oʻz ichiga oluvchi yangi paydo boʻlayotgan tahdidlarga qarshi kurashdagi aloqalarimizning rivojlanib borayotganidan mamnunmiz”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri ASEAN davlatlarining tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan yigʻilishda.
Shuningdek, Lavrov yigʻilishdan soʻng tashkil qilingan matbuot anjumanida ASEANga aʼzo davlatlarining kelgusi yigʻilishida Rossiyaning tashabbuslari, xususan xorijiy terrorchilarga qarshi kurashish boʻyicha tashabbuslari muhokama qilinishiga eʼtibor qaratdi. Lavrovga koʻra, bu holat Rossiya Federal xavfsizlik agentligi axborot bankidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
“Joriy yilning noyabr oyida Singapurda tashkil etiladigan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari yigʻilishida xavfsizlik boʻyicha Rossiya tashabbuslaridan bir qanchasini muhokama qilamiz. Bu yerda oʻzaro hamkorlik qilish borasida barcha mintaqa davlatlarining, jumladan Rossiya va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining terrorchilar masalasida takliflari mavjud. Rossiya Federal xavfsizlik agentligi bir necha yil muqaddam maʼlumotlar bankini tashkil qilgan edi. Unga oʻnlagan davlatlar qoʻshilgan. Unda terrorchilar va xorijiy qoʻrolli shaxslar haqida xos maʼlumotlar yigʻiladi”, dedi Lavrov.