Medvedev: NATO mamlakatlari Rossiyaga dushmanga qaragandek qaraydi

455
0

Medvedev: NATO mamlakatlari Rossiyaga dushmanga qaragandek qaraydi

 NATO mamlakatlari Rossiyaga dushmani singari qaraydi, ularning harbiy salohiyati, xususan yadro triadasi ham Rossiyani nishonga olgan, deb bayonot qildi Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

“Biz SSSR va Varshava kelishuvi qay tarzda barbod boʻlgani guvohi boʻlganmiz. Ammo shu vaqtning oʻzida NATO saqlanib qoldi va u bugungi kunda Rossiya Federatsiyasini har tomondan qurshab olishga harakat qilmoqda. Bu yerda gap Rossiyaning siyosiy rahbariyati kimgadir yoqishi yoki yoqmasligida ham emas, gap allaqanday mafkuraviy tamoyillar yoki qadriyatlar oʻrtasidagi farqda ham emas, gap oddiy narsalarda, har qanday oddiy inson uchun ayon boʻlgan narsalarda”, – dedi Medvedev “Kommersant” gazetasiga bergan intervьyusida.

 “Hozirda bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan, ochiq aytganda bir-biriga urush ochgan ikkita blok mavjud boʻlgan holat yoʻq. NATO esa harakatlarini davom ettirmoqda. NATO faoliyatini shunchaki davm ettirayotgani yoʻq, u tobora kengaymoqda va yanada koʻproq mamlakatlarni Shimoliy alьyansga jalb qilishga harakat qilmoqda”, – deb taʼkidladi Rossiya bosh vaziri.

 Medvedevning taʼkidlashicha, Rossiya hukumati bu holatga shunchaki qaray olmaydigan bir nechta sabablar mavjud.

 “Biz bunga loqayd munosabatda boʻla olmaymiz, nega deganda hech kim dunyodagi yadroviy ustunlikni bekor qilmagan, harbiy qoʻmondonlar uchun esa turli davlatlardagi strategik yadroviy kuchlar oʻrtasidagi muvozanatni tushunish juda muhim. NATO mamlakatlari esa, bu alьyansdagi bizning hamkasblarimiz nimalar demagan taqdirda ham, Rossiya Federatsiyasini baribir potentsial dushman sifatida qabul qiladilar. Va ayonki, ularning harbiy salohiyatlari, shu jumladan, yadro triadasi ham Rossiya Federatsiyasiga qaratilgan boʻladi. Afsuski, bu fakt”, – dedi Medvedev.

 Medvedevga koʻra, Rossiya Federatsiyasi atrofidagi NATO xalqasi tobora qisqarib, NATOga aʼzo boʻlayotgan davlatlar soni tobora oshib borayotgan bir vaqtda, bu holat Rossiya Federatsiyasini tashvishga solmay qolmaydi, albatta.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.