Yahud askarlarining yarmi giyohvand modda isteʼmol qiladi

860
0

Yahud askarlarining yarmi giyohvand modda isteʼmol qiladi

(Isroil)dagi narkotik moddalarga qarshi kurash agentligi yahud armiyasi safida xizmat qilayotgan askarlar oʻrtasida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish tobora kengayib borayotganini maʼlum qildi.

Agentlikning tadqiqotiga koʻra, yahud askarlarining yarmidan koʻprogʻi, yaʼni 54,3 foizi oʻtgan yili kamida bir marta boʻlsa ham, giyohvand modda isteʼmol qilgan. Oʻtgan bir oyning oʻzida esa, giyohvand moddalarni isteʼmol qiladigan harbiylarning soni 40 foizdan oshib ketganligi kuzatilgan.

Shuningdek agentlik yahud askarlari orasida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish oʻtgan yili 2009 yilga nisbatan 11 foizga oshganini taʼkidladi.

“Qahromonlik” koʻrsatib, falastinlik ayollar va yosh bolalarni qamoqqa olayotgan “pahlavon” yahud askarlarining giyohvand moddalarni isteʼmol qilishi oʻtgan yilga qadar jinoyat hisoblanib, buning uchun ayrim jazo choralari, shu jumladan qamoqqa olish jazosi ham qoʻllanilar edi. Biroq 2017 yil yanvar oyidan boshlab yahud armiyasi safida giyohvand moddalarni taqiqlash qonuni bekor qilindi. Shundan soʻng yahud armiyasida giyohvand moddalarni besh marotabadan ortiq boʻlmagan holda isteʼmol qilish uchun qamoqqa olish oʻrniga intizomiy jazo qoʻllaniladigan boʻldi.

Mutaxassislarning fikricha, bu qaror bir tarafdan giyohvand moddalarni isteʼmol qiladigan askarlarga qarshi olib boriladigan tergovning moddiy yuklaridan qutulish boʻlsa, ikkinchi tarafdan askarlarga yana bir bor imkoniyat berish uchun qabul qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.