YeI va AQSh oʻrtasida savdo urushi boshlangani maʼlum qilindi

742
0

YeI va AQSh oʻrtasida savdo urushi boshlangani maʼlum qilindi

 Frantsiya iqtisodiyot va moliya vaziri Bruno Le Mer AQSh va Yevropa oʻrtasidagi savdo urushi boshlanganini bildirdi.

 “Yigirmatalik guruhi”dagi barcha savdo urushi bu haqiqat ekanligini va jahondagi oʻsish uchun tahdid mavjudligini anglab turibdi”,- deya iqtibos keltirmoqda Reyter agentligi Buenos-Ayresdagi “moliyaviy yigirmatalik” yigʻilishida nutq soʻzlagan Le Merdan.

 “Europa Press” agentligining xabar berishicha, vazir AQSh muloqot uchun birinchi qadamni tashlashi kerakligini, busiz Yevroittifoq oʻz takliflarini shakllantira olmasligini qayd etgan.

 “Men AQShdan sogʻlom fikrlashga qaytishni va global qoidalarni hamda ittifoqchilarni hurmat qilishini soʻrayman”,- degan Le Mer.

 U shuningdek, agar Vashington Yevropa mahsulotlariga yangi bojlar joriy etadigan boʻlsa, Yevropada javob choralari kiritishdan boshqa yoʻl qolmasligini hamda Vashington alyuminiy va poʻlat importiga qoʻygan bojlaridan voz kechmagunicha YeI AQSh bilan erkin savdo xususida muzokara olib bormasligini bildirgan.

 Avvalroq AQSh prezidenti Donalьd Tramp Yevroittifoqdan keltiriladigan avtomobillarga keng miqyosdagi bojlar joriy etish bilan tahdid qilgandi. Yevrokomissiya esa oʻz navbatida bu bojlar kiritiladigan boʻlsa, oʻz javob choralarini tayyorlab qoʻygan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.