Yahud gazetasi: Saudiya shaxzodasi Netanyahu bilan yashirin uchrashuv oʻtkazdi
(Isroil)da chiqadigan “Maorif” gazetasi Saudiya Valiahdi Muhammad bin Salmonning dushanba kuni Ammonga tashrifi chogʻida (Isroil) bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan yashirin uchrash oʻtkazganligini maʼlum qildi. Gazetaga koʻra, Iordaniya qirolining qasrida uyushtirilgan bu uchrashuv AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning (Isroil)ga tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan.
Gazetaning siyosiy tahlilchisi Jeki Xoge bin Salmonning dushanba kuni Ammonga tashrifi chogʻida Iordaniya qiroli saroyida Netanyaxuni kutayotgani haqida yozdi. Xabarlarda aytilishicha, Oq uyning bosh maslahatchisi va AQSh prezidentining koordinatori Jared Kushner Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Misrga tashrifidan keyin AQShning Yaqin Sharqdagi elchisi Jeyson Grinblatt hamrohligida xuddi shu kuni tushdan keyin Netanyahu bilan uchrashgan.
Muhammad bin Salmon Trampning kuyovi Kushner bilan 20 iyun kuni uchrashgan edi. “Arab Nevs” axborot agentligining xabariga koʻra, Muhammad bin Salmon AQSh maʼmuriyatining Yaqin Sharqdagi delegatsiyasi bilan Qoʻshma Shtatlar va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi Falastin-(Isroil) masalasida hamkorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qilganlar.
(Isroil)ga sodiqligini isbotlagan Ibn Salmon AQShning “Asr bitimi” loyihasini amalga oshirish uchun Oq uyning nazariga tushgan shaxs sifatida koʻriladi. U AQShning “Atlantik” jurnaliga bergan intervyusida Yaqin Sharqda (Isroil)ning mavjudligiga va isroilliklar bilan falastinliklar yonma-yon yashashlariga hech qanday diniy eʼtiroz yoʻqligini hamda koʻrfaz davlatlari bilan Isroil oʻrtasida koʻplab manfaatlar borligini ochiq aytgan edi.